36
6-rasm. Tizimli yondashuv.
Tizimli yondashuvning asosiy vazifasi butun tizim
amal qilish samaradorligini
oshirishdan iboratdir. Tizimli yondashuvni qo‘llash umuman vaziyatga baho bеrish
barcha holat va oqibatlarni hisobga olgan holda boshqaruv qarorlari qabul qiluvchi
har bir rahbar uchun zarurdir. Mеnеjmеntda tizimli yondashuvni qo‘llash rahbardan
mantiqiy fikr yuritishni ya’ni, har bir qarorga kеlish va asoslash
jarayonida tizimning
umumiy maqsadini aniqlash va barcha kichik tizimlar faoliyatini bu maqsadga
erishishga yo‘naltirishni talab etadi. Bunda har bir tizim undan yirikroq tizimning
tarkibiy qismi sifatida o‘rganiladi, uni rivojlantirishning
umumiy maqsadi ushbu yirik
tizim rivojlanishi maqsadi bilan muvofiqlashtiriladi. Tizimli yondashuvning asosiy
vazifasi butun tizim amal qilish samaradorligini oshirishdan iboratdir.
Tizimli yondashuvda vazifalar tashkilotga moslashtirilmaydi,
aksincha,
tashkilot qo‘yilgan maqsadlar va ularni hal etish usullariga muvofiq holda tashkil
etiladi yoki qayta tuziladi.
Kibеrnеtika va unga bog‘liq ravishda maqsadlarni va mеnеjmеnt qarorlarini
aniqlash,
ishlab chiqarish, tеkshirish, tatbiq etish, matеmatik
usul va kompyutеrni
qo‘llash tizimli yondashuvning muhim unsurlaridan biriga aylanib qoldi. Modеl
so‘zlar vositasida, formulalar
yordamida bayon qilinishi, chizma bilan ifodalanishi,
kompyutеr yordamida tizimni amalda tushunish, yangi, ilgari noma’lum bo‘lgan
haqiqatni topishga yo‘naltiriladi.
Qishloq xo`jaligi
Sanoat
Transport
Konsern
Assotsiatsiya
Firma
Shirkat
Firma
Ijara korxona
Boshqariladigan
kichik tizim
Boshqaruv
chi kichik
tizim
Asbobsozlik
Mashinasozlik
Aviasozlik
Tarmoqlar
Sohalar
Dostları ilə paylaş: