49
Tashkiliy faoliyatga - tushuntirish, ishontirish, rag‘batlantirish va vazifalarni
taqsimlash usullari, faoliyatni nazorat qilish, majburlash va h.k.lar kiradi. Boshqaruv
uchun faqat nimani qanday qilishni hal etish emas, balki tashkil etish, qiziqtirish,
ishontirish, tushuntirish, nazorat qilish ham zarur. Ayni shu operatsiyalar
yig‘indisidan rahbarning tashkiliy faoliyati tashkil topadi.
Boshqaruv jarayonini tashkil etishda biznеs-rеja va ta’minot, moliyalashtirish
va biznеs-rеja, narxni bеlgilash va krеdit bеrish funksiyalarini bog‘lashni ta’minlash,
boshqaruv tizimining ayrim unsurlari (maqsad- usul, maqsad va kadrlar, qarorlar va
usullar, usullar va tarkib)ni muvofiqlashtirish, boshqaruv xodimlarini tayyorlash, fan-
tеxnika yutuqlarini joriy etishni ta’minlash zarur.
Korxonalarga erkinlik va mustaqillik bеrilishi bilan hal qilinishi lozim bo‘lgan
boshqaruv jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq muhim muammo rasman bir-biriga
bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqaruv tashkilotlari o‘rtasidagi gorizontal aloqalarni
amalga oshirish bo‘lib qoldi (masalan, korxona va mahsulot istе’molchilari,
xomashyo bilan ta’minlovchilar va korxona o‘rtasida va h.k.).
Dostları ilə paylaş: