50
Yo‘l poyini belgilash: joylarga kelajakdagi ko‘tarmaning ko‘ndalang
o‘lchamlarini (asosining chegarasini) va o‘ymalarning yuqori qoshini aniqlovchi
asosiy
nuqtalar joyning qiyaligi, olinadigan o‘simlik qatlamining qalinligi, yon
ariqlar
va
rezervlarning
joylashishini
hisobga
olib
tushirish
va
mustahkamlashdan iborat. Bu chegaralar avtogreyderda kesiladigan (3.4-rasm)
chuqurcha yoki har 25-50 m da qoqiladigan qoziq bilan belgilanadi.
3.4-rasm. Avtogreyder bilan ko‘tarma asosining chegarasini chuqurcha
bilan belgilash
Belgilash loyihaviy materiallar va ishchi chizmalarga qarab bajariladi.
Uning chizmasida kelajakda quriladigan yo‘ldagi ko‘tarma va o‘ymaning
namunaviy ko‘ndalang kesimi, har bir piketning ishchi belgisi bilan ko‘ndalang
kesimi keltirilgan bo‘ladi.
Egrilarda belgilash ishlari birmuncha murakkabroqdir. Tiklangan trassa -
mustahkamlangan nuqtalar:
egrining boshi va ohiri, shuningdek, trassa
yo‘nalishini kesuvchi - burchak uchiga ega bo‘ladi. Bu ma'lumotlarga asosan,
kelajakdagi yo‘l poyi o‘qi bo‘yicha oraliq nuqtalarni
geodeziya asboblari
yordamida belgilanadi.
Egrini belgilash trassa bo‘linganidan so‘ng egrining o‘rtasiga qarab olib
boriladi. Bunda har bir egri chiziqli bo‘lakning avval yo‘l o‘qida
joylashgan
nuqtalarining egridagi o‘rni aniqlanadi. Bu nuqtalarda egriga o‘tkazilgan normal
51
yo‘nalishi, undan so‘ng har bir normal bo‘yicha yo‘l o‘qidan berilgan joydagi
yo‘l poyi ko‘ndalang kesimidagi hamma nuqtalar holati aniqlanadi.
Aylana va o‘tuvchi egrini ochiq, yengil o‘tuvchi joylarda belgilash to‘g‘ri
burchakli koordinat, yopiq joyda - burchak va xorda usuli bilan bajariladi. Ochiq
joylarda, uzoqni o‘lchagichlarni ishlatish qulay bo‘lganda,
polyar koordinat
bilan nuqtalar egrining boshi va oxirini belgilashda qo‘shuv usulidan foydalanib
olib boriladi. Tor joylarda davom etuvchi xorda usulidan foydalaniladi. Egrining
radiusi kichik bo‘lganda - aylanma egrining markazidan polyar koordinat
o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: