54
O‘ymani belgilash joylarda faqat yo‘l o‘qini belgilashdan iborat
bo‘lmasdan, qiyalik chizg‘ichidan foydalanib o‘ymaning yuqori qoshini
aniqlashni talab qiladi. Chuqurligi katta o‘ymali yo‘l bo’laklari
uchun yer
mashinalari bilan ularni kavlashda, yon ariqchalar qoshining chizig‘i bo‘yicha
belgili qoziqlar o‘rnatiladi.
Suv olib ketuvchi ariqlar va tog‘ yonbag‘ri ariqlarini belgilash ularni o‘qi
bo‘yicha qoziqlarni o‘rnatish, ular belgilangan nuqtada ariqning chuqurligini,
ariqdan tashqaridagi qoziqqa – uning kengligini
belgilash bilan amalga
oshiriladi. Ishni olib borishda ariqning o‘lchami va yuzasi shablonlar bilan
nazorat qilinadi.
Qurilish uchun yo‘lga vaqtinchalik ajratilgan mintaqani mustahkamlash
yo‘l poyi elementlarini belgilash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Doimiy
ajratilgan mintaqa, odatda, vaqtinchalik ajratilgan mintaqaning ichida bo‘ladi,
shuning uchun uning chegarasi yo‘l poyini pardozlash ishlari to‘liq tugagandan
va vaqtinchalik shohobcha yo‘llari qurilgandan so‘ng mustahkamlanadi.
Yerni ajratish me'yori IKN 60-2011 da belgilangan.
Yo‘l-qurilish ishlarini bajarish uchun har bir aniq joy bo‘laklaridagi yo‘l
poyining o‘lchamlariga bog‘liq yo‘lga ajratilgan vaqtinchalik mintaqani
qisqartirishga harakat qilinadi. Uni ko‘tarma asosining kengligiga va o‘ymaning
o‘lchamlariga qarab, yon va banket oldi ariqlarga, banket,
shuningdek,
vaqtinchalik
shohobcha
yo‘llarining joylashishiga qarab belgilanadi.
Vaqtinchalik va doimiy foydalanish uchun yerni ajratish tabiatni qo‘riqlash,
qishloq xo‘jalik yerlaridan unumli foydalanib va tabiatning tabiiy resurslarini
hisobga olib amalga oshiriladi. Vaqtinchalik va doimiy mustahkamlangan yo‘l
mintaqasining ajratilgan yer rejasi shaklida mustahkamlash jurnali bilan
rasmiylashtiriladi, keyin kerakli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.
Agar vaqtinchalik yo‘l mintaqasi atrofida har xil bino va inshootlar bo‘lsa,
ular ko‘chirishni avtomobil yo‘llari loyihasining ma'lumotlar
smetasi va
chizmasi asosida rasmiylashtiriladi.
55
Ko‘chirish yoki tugatilishi kerak bo‘lgan bog‘larga, qishloq xo‘jalik
ekinlariga buyurtmachi bilan birgalikda dalolatnoma tuziladi.
Vaqtinchalik va doimiy ajratilgan joylarning chegarasi oralig‘ida, qurilish
tugatilgandan so‘ng, yerdan foydalanuvchiga yo‘lga ajratilgan hududni
rasmiylashtirishda tuzilgan dalolatnomada qayd etilgan holatda qaytariladi.
Dostları ilə paylaş: