59
1-ochiluvchi silindr; 2-taglik; 3-qo‘yiladigan silindr; 4-zichlovchi yuk; 5-sterjen;
6-shtamp; 7-chegaralovchi vint; 8, 9-vintlar.
Asbobdagi yukning og‘irligi yoki tushish balandligi o‘zgarishi bilan qulay
namlik va maksimal hajmiy og‘irlikning qiymatlari o‘zgaradi.
4.3-rasm. Lyossimon qumloq tuproqli gruntlar uchun
hajmiy og‘irlik-namlik egri chizig‘i
Uzoq xorijda gruntlarning qulay namligini aniqlash uchun ko‘proq
“PROKTOR” usulidan foydalaniladi. Bu usul “DORNII” usulidan qisman farq
qiladi. U og‘ir zichlashtiruvchi mashinalarning ishini modellashtiradi. Asbobda
grunt og‘irligi 4 kg bo‘lgan yuk bilan zichlashtiriladi.
Tajribalar zichlashtirish koeffitsientining oshishi gruntning mustahkamlik
tavsiflarining oshishini va deformatsiyaning kamayishini ko‘rsatadi.
Shuningdek, muzlashdan ko‘pchishning bir xil emasligi,
harorat gradienti
ta'sirida gruntlarda namlikning ko‘chishi, plyonkaning qalinligi va boshqalar
kamayadi. Shuning uchun ayrim hollarda me'yorlarda keltirilgan minimal
qiymatdan katta zichlashtirish koeffitsientiga erishish kerak bo‘ladi. Shu bilan
birga, yuqori namlikda zichlashtirishga sarf qilingan
ishni oshirish hisobiga
yuqori zichlikni olishga harakat qilish mustahkamlikni kamaytirishi va
deformatsiyani oshirishi mumkinligi to‘g‘risida ma'lumotlar bor, bunday holatlar
(agregatlarning buzilishi va bosh.) grunt strukturasining o‘zgarishi bilan
bog‘liqdir. Bundan tashqari, erishilgan yuqori zichlashtirish
koeffitsientini
60
foydalanish jarayonida doimo saqlash mumkin emas. Zichlikni oshirishda
zichlashtirish koeffitsientining oshishi bilan sarf juda tez ortadi, yuqori
zichlashtirishning
(minimal
qiymatning
me'yordan
ortishi)
maqsadga
muvofiqligiga har bir holat uchun texnik -iqtisodiy solishtirishdan
kelib chiqib
qaralishi kerak.
Keyingi yillarda gruntlarning nazariy talab qilingan zichligini uning
namligi va muqobil havo miqdoriga qarab ishlab chiqishga urinishlar davom
etayapti. Hisob ishlarida qurilish sharoiti (iqlim va gidrologiya) va har xil
gruntlarning fizik xossalari hisobga olinadi.
Tadqiqot
sifatida, gruntlarni zichlashtirishdagi namligini (muqobilidan
farq qiladigan), talab qilingan zichlikda, uning xossasiga ta'siri o‘rganilgan.
To‘plangan ma'lumotlar, grunt xossasining bu omilga juda bog‘liq bo‘lishini
ko’rsatadi, shuning uchun uni hisobga olish kerak.
Gruntlarni zichlashtirish katok yordamida zichlash, titratish va shibbalash
bilan amalga oshiriladi. Zichlashtirish usulini belgilash grunt turiga, holatiga va
yo‘l poyini qurish usuliga bog‘liq. Katok bilan zichlash va shibbalash usuli
deyarli hamma gruntlar, titratish usuli faqat bog‘lanmagan yoki kam bog‘lanan
gruntlar uchun samara beradi. Keyingi paytlarda bir vaqtning o‘zida katok bilan
zichlash va titratish, shibbalash va titratish usullaridan
foydalanish keng
qo‘llanmoqda.
Katok bilan zichlashda har xil katoklar ishlatiladi. Hamma gruntlarni
zichlashtiradigan pnevmoshinali katoklar ko’p qo’llanadi.
Qovurg‘ali katoklar faqat bog‘langan gruntlarni zichlashtirish uchun,
panjarali – bo‘lak gruntlar va mayda toshli, shag’alli, muzlagan bo‘laklari bor
gruntlarni zichlashtirish uchun qo‘llanadi. Titratuvchi katoklar bog‘lanmagan va
kam bog‘langan gruntlarni yaxshi zichlashtiradi. Shibbalash usulidan ko‘pchilik
gruntlarni
maxsus shibbalovchi
mashinalar, shibbalovchi plitalar
va
elektroshibbalovchilar bilan zichlashtirishda foydalaniladi. Titratib zichlash
titratuvchi katoklar yoki titratuvchi plitalar bilan amalga oshiriladi.
61
Zichlashtirilayotgan
qatlamning
qalinligini
va
zichlashtiruvchi
mashinaning bir izdan o‘tish (urilish) sonini aniqlash uchun hamma markadagi
mashina va hamma turdagi yo‘l poyi quriladigan
grunt uchun dastlabki
zichlashtirish o‘tkaziladi. Berilgan gruntning maksimal ruxsat etilgan
mustahkamlik shartidan kelib chiquvchi kontakt bosimini xosil qiluvchi mashina
yordamida gruntning kerakli zichligiga, erishish mumkin. Bu bosim
zichlashtirishning hamma jarayonlari davomida
gruntning mustahkamlik
chegarasiga yaqin bo‘lishi kerak. Kontakt bosim kam bo‘lganda kerakli
zichlikka erishib bo‘lmasligi, bosim katta bo‘lganda zichlashmasdan
bo‘shashishi (katok g‘ildiragi oldida to‘lqin hosil bo‘lishi, shibbalashda grunt
chetga siqilib chiqishi) mumkin.
Dostları ilə paylaş: