75
qochiradigan inshootlarni qurish hisoblanadi. Yuza suvlarini qochiruvchilar
sistemasiga o‘ymalarda va balandligi 1,5 m va undan kichik bo‘lgan ko‘tarmalar
bo‘ylab qurilgan yon ariqlar, gruntlari
olingan yon rezervlar, o‘ymalarda tog‘
yonbag‘ri ariqlari, botqoqlikni qurituvchi ariqlar,
suvni suv havzasiga olib
ketuvchi ariqlar, tog‘ yo‘llaridagi lotoklar kiradi. Suv qochiruvchi inshootlar
yo‘l poyi qurilguncha ishlashi kerak. Shuning uchun ko‘tarmani qurish rezervni
yoki ariqlarni kavlashdan boshlanadi. O‘ymalarni kavlashdan oldin tog‘
yonbag‘ri ariqlari kavlanadi.
Nishabligi 1:1,5 ayrim hollarda 1:2 bo‘lgan ariqlarga 5 ‰ dan ko‘p
qiyalik beriladi. Tekis joylarda ayrim yo‘l bo‘laklarida qiyalikni 3‰ gacha
kamaytiriladi. Nishabligi 1:3 bo‘lgan yon lotoklar va ariqlarning chuqurligi 0,5
m dan kam bo‘lmasligi kerak. Ariqlarni kavlash ishlari
quyidagi jarayonlardan
iborat: joylarda ariqlarning o‘qi vexa bilan belgilanadi. Keyin avtogreyder va
buldozerni ko‘ndalang qirqishi bilan chegaralovchi uyum o‘tkaziladi, grunt
ko‘tarmaga yoki yonatrofga suriladi yoki tarqatiladi.
Qiyaliklarni tekislash va
ularga aniq shakllar berish avtogreyder bilan bajariladi. Qiyaliklar uncha katta
bo‘lmaganda (20 % gacha) ariqlarda asta-sekin o‘t o‘sa boshlaydi. Oson
yuviluvchi gruntlarda tubi va yon devorlari zichlashtiriladi. Qishloq xo‘jaligida
foydalanilmaydigan yerlarda yo‘l qurilishida rezervlardan grunt olib ko‘tarmalar
quriladi. Rezerv tubiga ko‘tarma tomonga qaratib qiyalik beriladi. Agar
rezervning kengligi katta bo‘lsa, undan suvni qochirish uchun ariq qaziladi.
Rezervning kengligi 6 m dan katta bo‘lganda tubiga rezerv o‘qiga tomon
ko‘ndalang kesimli qiyalik beriladi.
O‘ymadan ko‘tarmaga o‘tiladigan
joylarda va suv havzalariga
yaqinlashganda yon ariqlar tashqariga olib ketiladi. Ko‘tarmaning yon qiyaligini
yuvilishdan saqlash uchun ularda suvni oqizadigan yon qiyalikda joylashgan
yig‘ma beton lotoklar qilinadi.
Bo‘ylama qiyalik 20-30 ‰ dan ko‘p bo‘lgan joylarda, asosan, oson
yuviluvchi gruntlarda ariqlar o‘lchami 40x40x12
sm li beton plitalar bilan
76
qoplanadi. Plitalar gruntning ustiga o‘rnatiladi. Agar ariqning qiyaligi 30 ‰ dan
ko‘p bo‘lsa, plitani suv yuvib ketmasligi uchun ular 10-12 sm qalinlikdagi
mayda chaqiqtosh qatlamiga yoki 5-20 mm o‘lchamli shag’al ustiga o‘rnatiladi,
ularning qotishi uchun me’yoriy ishlov berilsa, ular
orasidagi choklar bitum
mastikasi yoki sement eritmasi bilan to‘ldiriladi. Tog‘li hududlarda toshli
gruntlarda yon ariq o‘rniga toshdan yoki tayyor beton buyumlardan lotok
o‘tkaziladi (5.2- rasm).
Dostları ilə paylaş: