26
qatlamlariga ajraladi. SOEni aniqlash uchun odatda Panchenkov asbobidan
foydalaniladi. Bu asbob shtativ va unga o`rnatilgan kapillyar shisha pipetkalardan
iborat. Pipetkalar 0 dan 100 gacha darajalarga bo`lingan. Bundan tashqari, ularga “K”
(krov`) va “R” (reaktiv) belgilari qo`yilgan.
Ish uchun kerakli jihozlar
:
Panchenkov asbobi, soat oynasi, skarifikator, natriy
sitratning 5% li eritmasi, spirt, efir, paxta tamponlar.
Ishni bajarish tartibi.
Eritrositlarning cho`kish tezligini aniqlash uchun
Panchenkov asbobining bitta pipetkasi natriy sitratning 5% li eritmasi bilan chayiladi
va chayilgan pipetkaning “R” belgisigacha natriy sitrat eritmasidan so`rib olib soat
oynasiga tushiriladi. So`ng IV barmoq uchi skarifikator yoki lanset nina bilan teshilib
pipetkaning “K” belgisigacha ikki marta qon olinadi va soat oynasidagi eritma bilan
aralashtiriladi. Keyin qon olingan pipetka hosil qilingan aralashmadan “K”
belgisigacha to`latib Panchenkov priborining shtativiga tik o`rnatib qo`yiladi. Bir soat
o`tkazib eritrositlar necha mm cho`kkani aniqlanadi. Normada E.SN.T erkaklarda 1–
10 mm/soat, ayollarda 2-15 mm/soat. Qoni tekshirilgan talabatning E.SN.Tsi necha
mm/soat ekanini daftarga yozib normadagi ko`rsatkich bilan qiyoslang va xulosa
chiqaring.
Dostları ilə paylaş: