Ishning maqsadi: Yurak biopotentsialini qayd qilish.
Ish anjomlari : Elektrokardiograf, osh tuzi eritmasi, elektrodlar, doka. Ish
odamda olib boriladi.
Ishning borishi : Tekshiriluvchi kishi kushetkaga yotqizilib, qo’lluari va oyoq-
lariga osh tuzining eritmasiga botirib olingan doka qp’yiladi. Uning o’rniga maxsus
gel’ ishlatish ham mumkin. Elektrodlar mushaklarga va ko’krak qafasi old devoriga
joylashtirilgandan keyin EKG apparati elektr tokiga ulanida va uning ishga
yaroqliligi
tekshiriladi. Tegishli tezlik va amplitudaga qo’yib standart, bir qutbli
kuchaytirilgan va ko’krak tarmoqlarida EKG yozib olinadi. Shundan so’ng
tekshiriluvchiga 15-20 marta o’tirib turish tavsiya etiladi va qayta EKG tushiriladi.
Har ikkala EKG taxlili baholanadi.
Topshiriq: Yuklamadan oldingi va keyingi EKGda RR oralig’ini hisoblang va
baholang .
14-rasm; Yurak buotokining tarqalishi va yozib olingan elektrokardiogramma 2- Ish. Yurak tonlarini eshitish Ish anjomlari: fonendoskop. Tekshiruv odamda olib boriladi.
Ishning borishi : Tekshiriluvchiga bel qismigacha echinish tavsiya qilinadi.
Ko’krak qafasi old devoridan palpatsiya usuli bilan yurak cho’qqi turtkisi aniqlanadi.
Shundan so’ng yurakning mitral va aortal klapanlarini eshitish nuqtalari ko’krak
qafasini old devoridan aniqlanadi. Har bir talabani yuraki eshitib ko’radi.
Topshiriq: 1 va 2 tonlarning farqiga e`tibor bering, yurak tonlarini hosil
qiluvchi komponentlarini ayting va savollarga javob bering
33
1. Kardiogramma deb nimaga aytiladi?
2. Yurak tsikli deb nimaga aytiladi va qanday fazalardan tashkil topgan?