1-Машғулот


-ish Rezus omilni ekspress usulda aniqlash



Yüklə 6,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/74
tarix28.09.2023
ölçüsü6,33 Mb.
#150378
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74
2-ish Rezus omilni ekspress usulda aniqlash
Ish anjomlari
: shisha tayokchalar, skarifikator, paxta, kosa, spirt, yod, 
fiziologik eritma, standart antirezuszardob va kontrol zardob
7-jadvaj
Ishning borishi
: Tekshirish ob`ekti odam qoni. Kosaga 1 tomchidan kontrol 
zardob va standart antirezus zardob tomiziladi. Har bir zardobning yoniga bir 
tomchidan tekshirilayotgan qon tomiziladi. Shisha tayoqcha bilan qon tomchisi 
zardob tomchisi balan aralashtiriladi. Keyin shu tarzda qon antirezus zardob bilan 
aralashtiriladi. Kosani tebratib, reaktsiya kuzatiladi. Aglyutinatsiya borligini yax-
shiroq aniqlash uchun ikkala namunaga 1 tomchidan fiziologik eritma qo’shiladi. 
Tekshirilayotgan qon rezus musbat bo’lsa, unda standart antirezus zardobida 
aglyutinatsiya sodir bo’ladi. (kontroldagisida bo’lmasligi kerak). Agar qon rezus 
manfiy bo’lsa, ikkala namunalarda ham aglyutinatsiya sodir bo’lmaydi.
Topshiriq:
Tekshirilayotgan qonnning rezus mansubligini aniqlang. Rezus 
omilning qon quyishdagi ahamiyatini tushintiring. 
 
3-ish: Eritrotsitlarning osmotik chidamligini aniqlash. 
Nazariy tushuncha
. Eritrotsitlar o`z atrofidagi suyuqlik kontsentratsiyasining 
o`zgarishiga chidash xususiyatiga ega. Agar odam yoki issiqqonli hayvonning bir 
tomchi qoni osh tuzining izotonik (0, 9 % li yoki 0,85 % li) eritmasiga solinsa, 


31 
eritrotsitlar bilan osh tuzi eritmasi orasida dinamik tenglik hosil bo`ladi, chunki 
eritrotsitlardan eritmaga chiqayotgan va eritmadan eritrotsitlarga kirayotgan suv 
miqdori bir-biriga teng bo`ladi. Bunday sharoitda eritrotsitlarning shakli va hajmi 
o`zgarmaydi. Osh tuzining yuqori kontsentratsiyali (gipertonik) eritmasida esa 
eritrotsitlar burishib, hajmi kichrayadi, chunki bunday sharoitda ular o`zidagi suvni 
eritmaga chiqaradi. Aksincha, konsentratsiyasi kuchsiz bo`lgan osh tuzi (gipotonik) 
eritmasida eritrotsitlar bo`rtadi; chunki bunda eritrotsitlar eritmadan suv shimadi. 
Bunday eritmaning kontsentratsiyasi pasaytirib borilsa, eritrotsitlar ichiga suv ko`p 
kirib, ularning hajmi kattalasha boradi. Eritmaning kontsentratsiyasi ma`lum darajaga 
yetgach, eritrotsitlar yorila boshlaydi. Ular asosan osh tuzining 0,45 % li eritmasida 
yorila boshlab, 0,35-0,30 % li eritmasida butunlay yorilib bo`ladi. Eritrotsitlar yorilib, 
tashqariga gemoglobin chiqishi 
gemoliz
deyiladi. Plazmada osmotik bosimning 
kamayishi yoki eritroyitlarga spirt, ishqor, kislota, xloroform va efir ta`sir etishi 
natijasida gemoliz ro`y beradi. Butunlay gemolizlangan qon tiniq qizil rangga kiradi 
va u 
lak qon
deb ataladi.

Yüklə 6,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin