5- LАBORАTORIYA ISHI
MAVZU: CHERVYAKLI REDUKTOR ISHINI O‘RGANISH.
1. Qurilma ishini tavsifi.
Uskuna taxometrli elektr dvigatel uzelidan, yuklanish qurilmasidan va 1 pog‘onali
tekshirilayotgan chervyakli reduktordan iborat. Uskuna sxemasi o‘quv stendida keltirilgan.
2. Elektr dvigatel uzeli.
Elektrdvigatel statori 1 o‘qlari kronshteyn zoldirli podshipniklarida 4 erkin aylanadigan ikkita
2 va 3 ramalarga mahkamlangan, ya’ni rotor bilan stator umumiy bir o‘q atrofida aylana oladi.
(balansirli, muvozanatlovchi elektr dvigatel). Kronshteyn old qismiga yassi prujina 5 va
mahkamlangan o‘zining o‘lchagich shtoki bilan prujinaga tegib turadigan soat tipidagi indikatordan
19 iborat o‘lchash qurilmasi o‘rnatilgan.
Ishga tushgan elektr dvigatelda stator reaktiv momenti (absolyut qiymati bo‘yicha elektr
dvigatel rotori momentining T, qiymatiga teng bo‘lgan) ramkaga 2 mahkamlangan o‘zining richagi
bilan statorni buradi va o‘lchash qurilmasining yassi prujinasini bosadi. Prujina esa deformatsiyalanib
statorni aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Prujinaning deformatsiyalanish qiymati stator momentiga
proporsional va indikator yordamida aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: