Mustaqil ishda talabalar: amaliy mashg’ulotlarga
tayyorlanadi, uy vazifa-
larini
bajarishadi, nazariy bilimlarni mustahkamlaydi, seminar mashg’ulotlarida
ma’ruza qilishga tayyorlanadi, mustaqil ish uchun mo‘ljallangan nazariy va amaliy
bilim mavzularini o‘zlashtiradilar.
Mustaqil ish mavzularini o‘zlashtirish ta’lim
olish jarayonida uzluksiz
nazorat qilinadi va yozma hisobot topshiriladi.
Mustaqil ish mavzulari
Traektoriyalarni rejalashtirish
Bo‘g‘inlar
koordinatalar sistemasida
Nyuton-Eylerning rekursiv tenglamalari
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini xisobga
olgan holda quyidagi shakillardan foydalanish tavsiya etiladi:
Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
Maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzular ustida ishlash;
Zamonaviy kompyuter
texnologiyalaridan foydalanish;
Tavsiya etiladigan mavzular:
Izoh: Mustaqil ta’lim soatlari hajmlaridan kelib chiqqan holda ishchi dasturda
mazkur mavzular ichidan mustaqil ta’lim mavzulari shakllantiriladi.
Dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti
EHM yordamida Robototexnika ba’zi
masalalarini yechish, bosimni
o‘lchashda, gidravlik qarshiliklarni hisoblashda dasturlar to‘plami (Maple,
MathCad, Mathlab va h.k.) laridan foydalanish. Mavzularni o‘zlashtirishda va
mustaqil ishlarni bajarishda adabiyotlar ro‘yxatida
keltirilgan mavjud darsliklar,
o‘quv qo‘llanmalari, elektron adabiyotlar bilan metodik ta’minlanadilar.
Dasturdagi mavzularni o‘tishda ta’limning zamonaviy usullardan keng
foydalanish, o‘quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish
samarali natija beradi. Bu borada zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Aqliy
hujum”, «Munozarali dars» usullari hamda mavzularga
oid slaydlardan foydalanish
nazarda tutiladi.