Kirish
Robototexnikaga kirish fani ko‘pgina boshqa fanlar:
Robototexnika, materiallar
qarshiligi, mashinalar mexanizmlari nazariyasi, gidrodinamika va h.k. o‘rganishda asosiy
ahamiyatga ega. Hozirgi kunda inson hayotini juda ko‘p qismida robotlar,
texnikalar,
mexanizmlarning o‘rni va ahamiyati juda katta. Bu esa robototexnika fanining jadal
sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keldi. Robototexnikada qaralayotgan masalalar asosan
nazariy metodlar bilan o‘rganiladi. Yaratilgan nazariyalar amaliy masalalarni yechishda
qo‘llaniladi.
Talabalar bilan o‘tkaziladigan ma’ruza darslarida nazariy bilimlar beriladi, amaliy
mashg’ulotlarda o‘rganilgan nazariyalar
asosida masalalar yechiladi; olingan bilimlarni
mustahkamlash maqsadida, bo‘limlar bo‘yicha yozma ishlar va kurs ishlari bajariladi.
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari.
Robototexnika fani fizika-matematika yo‘nalishidagi fan hisoblanadi. U
matematika va fizika fanlarini amaliy ilmiy va injenerlik fanlari bilan bog’lovchi asos
hisoblanadi.
Robototexnika talabalarda ilmiy va injenerlik ishlaridagi fikrlarini oshirish,
masalalarni qo‘yabilish va ularni yechish, masalalarni sonli natijalargacha olib kelishda
asosiy fan hisoblanadi. Ilmiy ishlar olib boruvchilar uchun qo‘yilgan masalani ilmiy va
amaliy yechishlarini topishda Robototexnika fani keng qo‘llaniladi.
Fan bo‘yicha talaba bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
.
Fanni o‘zlashtirgandan keyin talaba:
Robototexnika fanining asosiy masalasi va ularni yechish, Robototexnikaning
asosiy qonunlari va prinsiplari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
Robototexnika bo‘limlari: statika: kuchlar sistemasi
va ularning muvozanat
shartlari, kinematika: robot qismlarning harakati, harakat turlari harakat qonunlari va
kinematik xarakteristikalari (tezlik,
tezlanish, burchak tezlik, burchak tezlanish va h.k.),
dinamika: robot, robot qismlari va mexanizmlarni o‘rganish va tahlil qilishlar haqida
nazariy bilimlarga ega bo‘lishi;
Fanning hamma bo‘limlari: statika, kinematika va dinamika masalalarini
yechish
bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallashi;
Robototexnika masalalarini yechish, tahlil qilish va
mexanik xulosalar chiqara
bilish malakalarini egallashi;
Robototexnikaning nazariy va amaliy masalalarining qo‘yilishi va yechimlari
haqida tegishli xulosalar chiqarish kompetensiyalariga ega bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: