Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/39
tarix30.09.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#150530
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
 
 
Kelishildi: O‘quv uslubiy boshqarma
boshlig’i _________dots.B.Aliqulov 


Kirish 
 
Robototexnikaga kirish fani ko‘pgina boshqa fanlar: Robototexnika, materiallar 
qarshiligi, mashinalar mexanizmlari nazariyasi, gidrodinamika va h.k. o‘rganishda asosiy 
ahamiyatga ega. Hozirgi kunda inson hayotini juda ko‘p qismida robotlar, texnikalar, 
mexanizmlarning o‘rni va ahamiyati juda katta. Bu esa robototexnika fanining jadal 
sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keldi. Robototexnikada qaralayotgan masalalar asosan 
nazariy metodlar bilan o‘rganiladi. Yaratilgan nazariyalar amaliy masalalarni yechishda 
qo‘llaniladi. 
Talabalar bilan o‘tkaziladigan ma’ruza darslarida nazariy bilimlar beriladi, amaliy
mashg’ulotlarda o‘rganilgan nazariyalar asosida masalalar yechiladi; olingan bilimlarni 
mustahkamlash maqsadida, bo‘limlar bo‘yicha yozma ishlar va kurs ishlari bajariladi.
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari. 
Robototexnika fani fizika-matematika yo‘nalishidagi fan hisoblanadi. U 
matematika va fizika fanlarini amaliy ilmiy va injenerlik fanlari bilan bog’lovchi asos 
hisoblanadi.
Robototexnika talabalarda ilmiy va injenerlik ishlaridagi fikrlarini oshirish, 
masalalarni qo‘yabilish va ularni yechish, masalalarni sonli natijalargacha olib kelishda 
asosiy fan hisoblanadi. Ilmiy ishlar olib boruvchilar uchun qo‘yilgan masalani ilmiy va 
amaliy yechishlarini topishda Robototexnika fani keng qo‘llaniladi. 
Fan bo‘yicha talaba bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar

Fanni o‘zlashtirgandan keyin talaba: 
Robototexnika fanining asosiy masalasi va ularni yechish, Robototexnikaning 
asosiy qonunlari va prinsiplari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
Robototexnika bo‘limlari: statika: kuchlar sistemasi va ularning muvozanat 
shartlari, kinematika: robot qismlarning harakati, harakat turlari harakat qonunlari va 
kinematik xarakteristikalari (tezlik, tezlanish, burchak tezlik, burchak tezlanish va h.k.), 
dinamika: robot, robot qismlari va mexanizmlarni o‘rganish va tahlil qilishlar haqida 
nazariy bilimlarga ega bo‘lishi; 
Fanning hamma bo‘limlari: statika, kinematika va dinamika masalalarini yechish 
bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallashi; 
Robototexnika masalalarini yechish, tahlil qilish va mexanik xulosalar chiqara 
bilish malakalarini egallashi; 
Robototexnikaning nazariy va amaliy masalalarining qo‘yilishi va yechimlari
haqida tegishli xulosalar chiqarish kompetensiyalariga ega bo‘lishi kerak.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin