O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Samarqand Davlat universiteti Kengashining 2020 yil 30 oktyabrdagi 3-



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173
 
Samarqand Davlat universiteti Kengashining 2020 yil 30 oktyabrdagi 3-
bayonnoma qarori bilan nashrga tavsiya etilgan
ISBN 978-9943-6648-9-0 
 
© I.B.Aminov, 2020 



Kirish 
XX asrning o‘rtalariga kelib kompyuterlarning paydo bo‘lishi 
fan va texnika taraqqiyotiiga misli ko‘rilmagan darajada katta ta’sir 
qildi. Bundan bir necha yillar muqaddam kompyuterlar qo‘llaniladi-
gan sohalar deyilganda katta ilmiy markazlar zavod va boshqa 
muassasalar tushunilar edi. Lekin bugungi kunda vaqt o‘tmish bilan
kompyuterlar inson faoliyatining hamma sohalariga kirib borishi turli
mutaxassislarning ish quroli bo‘lib qolishi real haqiqatga aylanib 
qolmoqda. Yaqin kelajakda kompyuter nafaqat ishlab chiqarishning
barcha sohalarida qo‘llanilishi, balki uy bekasining ham ish
qurollaridan biriga aylanib qolishi mumkin. Informatika va hisoblash 
texnikasi asoslari fanini bilish va o‘rganish, kompyuterni ishlata olish 
har bir kishi uchun professional faoliyatning ko‘pchilik sohalarida
bo‘lganidek turmushda ham zarur ma’lumotga oid bo‘lib qoladi. 
Hozirgi zamonda biror bir sohada ishni boshlash va uni 
boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon 
kishisi bo`lishi uchun kompyuter savodxoni bo‘lish, axborot texnolo-
giyalarini puxta egallamog’i lozim. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada 
ishlashdan qat`iy nazar, o‘z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi 
uchun axborotni ishlab chiqaruvchi vositalar va ularni ishlatish 
uslibiyotini bilishi va ishlash ko‘nikmalarga ega bo`lishi zarur. 
Bizga ma’lumki dastursiz komputerlar quruq „temir"dan boshqa 
narsa emas. Chunki, biror-bir dastursiz kompyuter hech qanday
„bilim"ga ega emas. Shuning uchun dasturlar kompyuterlarning
texnik tuzilishining mantiqiy davomi bo‘lib, biror kompyuterning
qo‘llanish sohasi undagi dasturlar to‘plamiga chambarchas bog'liqdir.
Kompyuterlar inson amaliy faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilishi 
tufayli foydalanuvchi, ya'ni kompyutemi ishlatuvchi shaxs ham undan 
har xil imkoniyatlarni talab etadi. Talab etilgan imkoniyatlarning
borligi ma'lum darajada dasturiy ta'minotga ham bog'liqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini 
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 20 aprel 2017 yilgi 
qaroriga asosan oliy ta’lim muassasalari talabalarida amaliy va 
uskunaviy dasturlash asoslari yuzasidan bilim va malakalarni 



shakllantirish va uni rivojlantirish, mazkur jarayonga nisbatan tizimli, 
kompleks yondashuvni samarali amalga oshirishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risidagi”, “Axborot-
lashtirishto‘g‘risida”gi va “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonun-
larda bo‘lajak pedagog kadrlarning chuqur bilimga, samarali faoliyat 
yurita olish mahoratiga ega bo‘lishi ma’lum fan asoslari borasida unda 
yetarli nazariy hamda amaliy bilimlarning, ta’lim jarayonida yangi 
innovatsion texnologiyalaridan unumli foydalanish malakasining 
qanchalik shakllanganligiga bog’liqligi ta’kidlangan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma universitetning informatika o‘qitish 
metodikasi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Komputerning texnik va 
dasturiy ta’minoti” fanining ishchi o‘quv dasturi asosida yozilgan bo‘lib, 
unda asosan amaliy dasturiy ta'minot va uning imkoniyatlari, Microsoft 
Office 2013, Microsoft Office 2016 paketlari va ularning yangi 
imkoniyatlari, Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint, 
Microsoft Access dasturlari yangi versiyalarining oldingi versiyalaridan 
farqli imkoniyatlari va kiritilgan o‘zgartirishlar, kompyuterning grafik 
imkoniyatlari va ularning turlari,Corel Draw paketi dasturlari va ular 
bilan ishlash, amaliy dasturlar paketi va ularning kasbiy sohalarda 
qo‘llanilishi,nashriyot tizimida qo‘llaniladigan dasturlar tasnifi, Page 
Maker dasturi va uning nashriyot tizimidagi qo‘llanilishi, matematik 
masalalarni yechishga mo‘ljallangan dasturlar tasnifi va ularning 
imkoniyatlari, komputerning uskunaviy dasturiy ta’miniti, dasturlash 
texnologiyalari, elektron va multimediyali qo‘llanmalarni yaratishda 
foydalaniladigan texnologiyalar, Flash texnologiyasida boshqaruvchi 
ob’ektlar yaratish, Flash texnologiyasida so‘rov shaklidagi ob’ektlarni 
yaratish to‘g’risida nazariy ma’lumotlar yoritilgan.
Mazkur qo‘llanmada keltirilgan barcha nazariy va amaliy 
mavzulaming mazmuni informatika o`qitish metodikasi fanining amal-
dagi dasturiga to‘la mos keladi. Qo‘llanmada mavzu bo‘yicha nazorat va 
test savollari ham keltirilgan.
Ushbu qo‘llanma universitetlarning informatika o‘qitish metodikasi 
bakalavr yo`nalishidagi talabalari uchun tavsiya etilgan.




Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin