O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Alomatlarni bilib olish dasturlari



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   173
Alomatlarni bilib olish dasturlari
- bu, alomatlar kodlaridagi
harflar va raqamlarning grafik tasvirlarini tarjima qilish uchun mo‘ljal-
langan. U skaner bilan birgalikda ishlatiladi.
Moliyaviy dasturlar
guruhi har xil paketlar bilan taqdim
etilgan: yozuv daftarchasi va moliyaviy operatsiyalar yozuvi (pul
mablag’larining balansi, zayomlar va kreditlar bo‘yicha foizli
to‘lovlarni aniqlash, pul kiritmalarining vaqtincha tuzilmalari va h.
k.) ko‘rinishidagi ishga doir yozuvlarni olib borish uchun.
Tahliliy tadqiqotlar
uchun o‘zini yaxshi tavsiya etgan Stat 
Graphics, Systat va “Статистик-Консультант” statistika paketlaridan 
foydalaniladi. 
4-rasm. ADT paketlarining vazifalari bo‘yicha turlari 
Nazorat uchun savollar 
1.
Axborot va ma’lumot tushunchalariga izoh bering? 
2.
Buyruq va dastur tushunchalariga izoh bering? 


14 
3.
Amaliy dastur nima? 
4.
Amaliy dasturiy ta’minot nima u qanday vazifalarni bajaradi? 
5.
Dasturli qayta ishlash qanday tartibda amalga oshiriladi? 
6.
Amaliy dasturlar paketining imkoniyatlari qanday? 
7.
Amaliy dasturlar paketini qaysi firmalar ishlab chiqaradi? 
8.
Amaliy dasturlar paketi qanday sinflarga bo‘linadi? 
9.
Muammoviy yo‘naltirilgan amaliy dasturlar paketlarining asosiy 
xususiyatlari nima? 
10.
Muammoviy yo‘naltirilgan amaliy dasturlar paketlar tarkibiga 
kiruvchi dasturlarga tavsif bering?
 
2§. Microsoft Office paketlari va ularning versiyalari 
2.1. Microsoft Office
 
paketlari va ularning 
xarakteriskalari
Microsoft Offiсe dasturlaridan foydalanuvchi har bir masalani 
yechishda, hujjatlarni tahrirlashda va boshqa ishlarda unimli foydalanishi 
mumkin. Officedan foydalangan foydalanuvchi ekranni o‘z xohishi 
bo‘yicha o‘zgartirishi, shriftlarni tanlashi, printerlarni tanlashi, boshqa 
tizimlarni disklarga yozishi, qo‘shimcha kompyuter qurilmalarini 
o‘rnatishi va hakozo imkoniyatlardan foydalanishi mumkin. Qisqa qilib 
aytganda, kompyuter ishini o‘z xohishiga moslab kompyuter xotirasi, 
ekranni, ishlash tezligi, qo‘shimcha qurilmalaridan optimal foydalanishi 
mumkin. Mashhur Microsoft korporatsiyasi shaxsiy kompyuterlardan 
foydalanuvchilar uchun ko‘pgina dasturlar va operatsion tizimlarni ishlab 
chiqarishni jadal rivojlantirmoqdalar. Jumladan, foydalanuvchilarning 
kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish uchun Office dastur-
lar to‘plamini ham ishlab chiqarishgan. Ko‘pgina foydalanuvchilar 
Windows operatsion tizimi bilan Office dasturlar to‘plamini chalkash-
tirishadi. To‘g'ri, bu ikkala dasturlarni ham Microsoft korporatsiyasi 
ishlab chiqqan va asosan shaxsiy IBM va Pentium kompyuterlariga
o‘rnatishga mo‘ljallangan. Windows operatsion tizimi Office dasturlarisiz 
bemalol ishlay oladi, lekin Office dasturlari Windows dasturisiz ishlamay-
di. Windows dasturlarining quyidagi versiyalari mavjud: Windows-3.X, 


15 
Windows-95, Windows-98, Windows-2000, Windows-2002, Windows NT, 
Windows XP va hakozo. Office dasturlar to‘plamini esa quyidagi 
versiyalari mavjud: Office-95, Office-96, Office-97, Office-2000, Office-
2002 va Office XP. Office-2003 dasturlar to‘plamini shaxsiy kompyuterga 
o‘rnatish uchun kompyuterda Windows operatsion tizimi o‘rnatilgan 
bo‘lishi, so‘ng kompyuter operativ xotirasi kamida 8-16 Mb bo‘lishi va 
qattiq diskda kamida 250 Mbdan 700 Mbgacha (Officedan foydalanish 
imkoniyatiga qarab) bo‘sh joy bo‘lishi lozim. 
Office tarkibi Microsoft Office bir nechta xilda sotuvga chiqariladi. 
Ularning farqi to‘plam tarkibi va narxida. Office dasturlar to‘plamining 
nisbatan to‘liqroq variantiga quyidagi dasturlar kiradi: 

Microsoft Word - har xil ko‘rinishdagi oddiy va murakkab matnlarni 
tahrirlashga mo‘ljallangan matn muharriri. Ekvivalent dasturlar: 
OpenOffice.org Writer, LibreOffice Writer, StarOffice Writer, KWord, NeoOffice 
Writer, Corel WordPerfect, Apple Pages (bu faqat Mac OS tizimida) va 
AbiWord. 

Microsoft Excel - har ko‘rinishdagi hisob-kitobli ma'lumotlar bilan 
ishlashga mo‘ljallangan elektron jadvalli dastur. Muqobil dasturlar: 
OpenOffice.org Calc, LibreOffice Calc, KSpread, StarOffice, Gnumeric, Corel 
Quattro Pro va Apple Numbers (bu faqat Mac OS tizimida).

Microsoft PowerPoint - ma'lumotlarni taqdimot, reklama qilishga 
mo‘ljallangan taqdimot dasturi. Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Impress, 
LibreOffice Impress, KPresenter, Corel WordPerfect va Apple Keynote. 

Microsoft Access- ma'lumotlar ombori (bazasi) bilan ishlashga 
mo‘ljallangan dastur. O‘rnini bosuvchi dasturlar: OpenOffice.org Base, 
LibreOffice Base, Kexi. 

Microsoft Publisher - har xil ko‘rinishdagi noshirlik ishlarini bajarishga 
mo‘ljallangan muharrir dastur.

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin