26
qo‘llaniladigan o‘ta quvvatli vosita hisoblanadi. Hisoblash elektron
jadvalining dastlabki dasturi 1979-yili Visicals (Visiblencalculators - ko‘rinib
turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida chiqqan. Bu dastur
Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko‘p
jihatdan uning bozorda
ommabopligi aniqlandi. 1981 yil IBM PS kompyuteri paydo bo‘lishi bilan bu
turdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi.
Visicals va Supercals dasturlarining yangi ko‘rinishlari paydo bo‘ldi, shu bilan
birgalikda Microsoft- Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo
bo‘ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi.
Hisoblashlar natijalarini ko‘rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan
grafik rejimlarining paydo bo‘lishi, bu elektron jadval rivojianishining
navbatdagi qadami bo‘ldi. 1983-yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib,
kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi.
Ammo 1997-yil Microsoft firmasi tomonidan Excel dasturi taqdim
etildi, u hozirgi kunda ham o‘z sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi. Shubha
yo‘qki, Excel eng ommabop dasturlardan biridir. Bu dastur ixtiyoriy axborotni
(matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini
beribgina
qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, ko‘rgazmaliroq
ko‘rsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda siz WinWord dasturidagi
tahrirlash vositalaridan foydalanishingiz mumkin. Dastlab Excelning ommavi
imkoniyatlarini o‘zlashtirish qiyin emas, ammo dasturning murakkabligi va
imkoniyatlarining juda kengligi sababli ular bilan tanishish uzoq davom etishi
mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-yangi imkoniyatlarini ko‘rish
mumkin.
Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, hisob va
iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, oldindan tayyor bo‘lgan ma'lu-
motlarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda yoki sonli hisobotlar bilan
ishlash kabi keng ko‘llamli masalalarni yechishda qo‘llaniladigan o‘ta qulay
vosita hisoblanadi. Yuqorida ta'kidlanganidek, 1982-yil Microsoft CP/M
tizimlarida juda ommabop bo‘lgan ilk jadval protsessori Multiplanni
bozorga
chiqardi, ammo u MS-DOS tizimlarida Lotus 1-2-3 dasturidan ortda qolardi.
Excelning ilk versiyasi Mac uchun moljallangan edi va 1985-yil
chiqarilgan,
Windows uchun versiyasi esa 1987-yil noyabrda ishlab chiqilgan. Lotus
Windows uchun dasturini moslashtirishga shoshilmadi bu esa 1988-yildan
27
Excelning undan o‘tib ketishiga sabab bo‘ldi. Microsoft har bir yangi versiya
uchun o‘z mavqeyini mustahkamlay boshladi. Windows platformasiga
mo‘ljallangan hozirgi versiyasi Excel 16, Mac OS X uchun esa Microsoft Excel
2012 dir.
Boshida Excel nomi bilan bog'liq muammo paydo bo‘ldi, negaki boshqa
kompaniya shu nomdagi dasturlar paketi bilan savdo qilardi va Microsoftni
sudga beradi. Shu sababli bundan buyon Microsoft
har qanday hujjatlarda
dastur nomini Microsoft Excel deb yuritishga majbur bo‘ladi. Keyinchalik
Microsoft kompaniyasining shu nomdagi dasturlarni sotib olishi natijasida
muammoga barham berildi. Kompaniya dasturning qisqartmasi sifatida XL
harflaridan foydalanishga qaror qildi va bu hozirgacha davom etmoqda, Excel
faylarini kengaytmasi esa — .xls. Birinchi jadval muharrirlari bilan
taq qoslaganda Excel foydalanuvchiga keng imkoniyatlarni taqdim etadi.
Excel foydalanuvchiga ekraning o‘zida jadvalning ko‘rinishini, shriftlar, belgilar
va
kataktashqi ko‘rinishini o‘zgartirish imkonini bergan ilk jadval muharriridir.
Yana u kataklarning aqlli hisobini chiqarib beradigan dastur edi.
1993-yilda ilk marotaba Microsoft Officega
birlashtirilish munosabati
bilan Microsoft Word va Microsoft PowerPoint Excelga monand grafik
interfeysga ega bo‘lishdi.
1993-yildan boshlab Excel tarkibiga Visula Basicga asoslangan Excel
masalalarini avtomatlashtirish imkonini beruvchi dasturlar uchun Visual Basic
dasturlash tili kiritiladi.
VBA foydalanuvchi bilan aloqa qilish formalarini yaratishga imkon
beradi. Bu til DLL (ing. Dynamic Link Library - dinamik kutubxona)ni qo‘llashi
(yaratishi emas) mumkin.
VBA ning funksionalligi Excelni makroviruslar uchun oson nishonga
aylantirdi. Bu antivirus mahsulotlari ularni topishni o‘rganmagunlarigacha katta
muammo bo‘lib qoldi. Shu sababli Microsoft
quyidagi himoya turlarini
tanlash imkonini o‘z dasturiga qo‘shdi:
makroslarni to‘liq o‘chirish
hujjat ochilishi bilan makroslami yoqish
sertifikataa ega makroslarga ishonish.
28
Excelning 5.0 dan 9.0 gacha versiyalari o‘zida turli "yashirin sir'larni saqlaydi,
ammo 10-chi versiyadan so‘ng Microsoft ularni yo‘q qilish chora-tadbirlarini
qo‘llay boshladi.
Dostları ilə paylaş: