23
taqdimotlar proyektor yordamida katta ekranlarda yoki katta o‘lchamli
televizion ekranlarda ko‘rishga mo‘ljallangan.
PowerPoint yaratish fikri Berkli oliygohi talabasi Bob Gaskins
(Bob Gaskins)da paydo bo‘ladi. 1984-yil Gaskins Forethought firmasiga
qo‘shildi va Dennis Ostin (Dennis Austin) ismli dasturchini ishga yollaydi.
Bob va Dennis harakatlarini birlashtirishadi va Presenter dasturini
yaratishadi. Dennis dasturning original versiyasini Tom Rudkin bilan
yaratadi. Keyinchalik Bob dastur nomini PowerPoint deb o‘zgartirishga
qaror qiladi.
1987-yil PowerPoint 1.0 Apple Macintosh tizimi uchun namoyish
etiladi. U oq-qora formatda ishlagan. Keyinchalik Macintoshning rangli
ko‘rinishlari paydo bo‘lgan va dasturning ham rangli versiyasi yaratilgan.
PowerPointning ilk versiyalarida dastur tarkibiga ko‘k jildli kitob
shaklidagi yo‘riqnoma kiritilgan, ammo bu biroz qimmatga tushishi
munosabati bilan Forethought elektron yo‘riqnomaga o‘tishga qaror
qiladi.
1987-yil Forethought va PowerPoint Microsoft tomonidan $ 14
mln.ga sotib olinadi. 1990-yil Microsoft Office paketi to‘plamidagi
Windows uchun versiyasi namoyish qilindi. 2002-yildan boshlab Office
XP PowerPointning paydo bo‘lishi bilan u Office paketidan alohida ham
tarqatilishi mumkin edi.
Dostları ilə paylaş: