O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   173

Nazorat uchun savollar 
1.
Microsoft kompaniyasi qachon tashkil etilgan va nima bilan 
shug’ullanadi? 


18 
2.
Microsoft Office
 
paketlari nima maqsadda ishlatiladi? 
3.
Microsoft Office
 
paketlarining asosiy xarakteriskalari nimadan 
iborat? 
4.
Microsoft Office
 
paketlarining tarkibiga qaysi dasturlar kiradi? 
5.
Birinchi Microsoft Office
 
paketlari qachon yaratilgan? 
6.
Microsoft SharePoint Designer dasturining vazifasini ayting. 
7.
Microsoft Diagnostics dasturining vazifasini ayting 
8.
Microsoft Query dasturining vazifasini ayting 
9.
Office for iPad dasturlar to‘plami nimadan iborat? 
10.
Office Online Office 365 dasturlar 
to‘plami nima maqsadda ishlatiladi? 
3§. Microsoft Office dasturlarining versiyalari, yaratilish tarixi, 
farqli imkoniyatlari va kiritilgan o‘zgartirishlar 
 

3.1
.
Microsoft Office Word (Windows) dasturi. 
 
Microsoft Word 
(qisqacha
MS Word, WinWord 
yoki 
Word) 
- matnli 
ma'lumotlarni yaratish, ko‘rish va tahrir qilish uchun mo‘ljallangan matn 
muharriridir yoki matn protsessori Microsoft korporatsiyasi tomonidan 
Microsoft Office paketi tarkibida chiqariladi. Ilk versiyasi Richard Brodi 
tomonidan 1983-yil IBM PC uchun yozilgan. Keyinroq Apple Macintosh 
(1984), SCO UNIX va Microsoft Windows (1989) uchun ishlab chiqilgan. 
Amaldagi versiyasi Windows va Mac OS uchun mo‘ljallangan Microsoft Office 
Word 2016 hisoblanadi. 
Microsoft Word yaratilishida "Xerox PARC" taqdqiqot markazi 
tomonidan ishlab chiqilgan Bravo - original grafik interfeysga ega matn 
protsessori katta o‘rintutadi. Bravo asoschisi Charlz Simoni PARCni 1981 
-yil tark etgan. 
Wordning MS-DOS uchun taqdimoti 1983-yil oxirida bo‘lib o‘tdi. Bu 
tovar bozorda yomon kutib olindi. Biroq 1985-yil Macintosh uchun 
mo‘ljallangan versiyasi qo‘lma-qo‘l bo‘lib keng tarqala boshladi. Ikki yildan 
so‘ng Macintosh uchun Word 3.01 versiyasi ishlab chiqildi. Macintosh uchun 
mo‘ljallangan boshqa dasturiy ta'minotlar kabi Word ham to‘liq WYSIWYG-


19 
muharrir edi ("what you see is what you get" tamoyili - "nima ko‘rsam, shuni 
olaman"). 
MS-DOS grafik qobiqdan mahrum matn operatsion tizimi bo‘lsada, DOS 
uchun mo‘ljallangan Word dasturi IBM PC ning tahrir vaqtida yarim qora yoki 
yotiq matn kabi matn belgilarini ko‘rsatib bera oluvchi matn protsessori edi. 
Biroq u hali ham to‘liq Wysiwyg -muharrir edi. WordStar va WordPerfect kabi 
matn muharrirlari oddiy matn ekranini belgi kodlari bilan ishlatishar edi, ba'zan 
matn rangli ham bo‘lardi. Ammo ko‘p holda DOS dasturiy ta'minotidagi 
dasturlarda har bir buyruq uchun shaxsiy qiyin kombinatsiyalar qo‘llanilishi 
(DOS Wordda hujjat saqlashda ESC-T-S kombinatsiyasi ishlatilgan) va ko‘p 
kotiblar faqat WordPerfectni ishlata olishi shu dasturni ishlatuvchi 
kompaniyalar ozroq ustunlikka ega yangi dasturga juda sekinlik bilan o‘tishgan. 
1990-1995-yillar 1989-yil Windows uchun ishlab chiqilgan Wordning ilk 
versiyasi $500 ga sotilgan. Windows 3.0 ishlab chiqarilishidan so‘ng savdo o‘sa 
boshladi va uning asosiy raqobatchisi WordPerfect ustunlikni ushlay olmadi. 
Keyingi versiyalarda matn muharriri doirasidan chetga chiqadigan 
imkoniyatlar qo‘shila boshladi. Chizish asboblari hujjatga grafika qo‘shish 
kabi juda oddiy amalarni bajara olardi, lekin bu maxsus dasturlar kabi emasdi. 
Ob’yektiarni qo‘shilishi, hujjat versiyalarini taqqoslash, ko‘p tilli yordam va 
boshqa imkoniyatlar kelgusi yillarda amalga oshirildi. 
Microsoft Word hozirda keng qo‘llaniluvchi eng ommabop matn 
muharriri hisoblanadi. IBM ОС platformasidagi ".doc" kengaytmasi Word 97-
2000 ikqilamchi formatining sinonimiga aylandi. Bu formatga eksport va 
import qiluvchi filtrlar ko‘pchilik matn muharrirlarida mavjuddir. Hujjat 
formati Wordning turli versiyalarida o‘zgarishlarga uchradi. Formatlash 
amallari dasturning eski versiyalarida uchramasligi mumkin. MS Word 2007 
XML, - Microsoft Office Open XML ga asoslangan "ehtimoliy tanlangan" 
formatni ishlatadi. Word 97-2007 formatlarining tasnifi 2008-yilda 
Microsoftda e'lon qilingan. 
Microsoft Officening boshqa dasturlari kabi Word o‘z imkoniyatlarini 
o‘ziga o‘rnatilgan makrotil vositachiligida kengaytirishi mumkin (oldiniga 
WordBasic, Word 97 versiyasidan so‘ng VBA - Visual Basic qo‘llanilgan). 
Biroq bu virus xavfmi oshiadi. Yaqqol misol Melissa chuvalchanggi 
epidemiyasi bo‘loladi. Shu sababdan antivirus dasturiy ta'minotidan 


20 
foydalanish ortiqchalik qilmaydi. Microsoft Word hujjatlarini zararlagan ilk 
virus 1994-yil dekabrda J. Mak-Namarning makroviruslar yaratish 
imkoniyatlarini namoyishiga mo‘ljallangan DMV bo‘lgan. "Yovvoyi tabiatga" 
tushgan va dunyodagi ilk makroviruslar epidemiyasini chaqirgan ilk virus esa 
Concept hisoblanadi (1995-yil iyun-avgust). 
2009-yil 12-avgustda Texas shtati sudi Microsoft patenti Kanada i4i 
kompaniyasiga tegishli bo‘lgan XML-fayllarni o‘qish uslubini noqonuniy 
foydalanishida ayblab, AQSh hududida Word dasturlarini sotishni taqiqladi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin