2.2. Visual Basic dasturlash tili va uning imkoniyatlari Windows asosiy menyusidan dasturni ishga tushirish uchun
quyidagilarni bajarish kerak:
1. Ekranning quyi qismida joylashgan
«Пуск» (Start) tugmasini
bosing.
2. Windows asosiy menyudagi
«Программы» (Programs) ni
tanlang. Menyuda ishga tushirish buyrug’i paydo bo‘ladi.
3.
Microsoft Visual Studio 6.0 opsiyasini tanlang.
4. Navbatdagi menyudan
Microsoft Visual Studio 6 ni tanlang. Visual Basic 6 ni ishga tushirganda ekranda
New Project muloqot
oynasi chiqadi. Uning yordamida yangi loyiha uchun shablon tanlash,
loyiha yaratish masterini ishga tushirish yoki mavjud bo‘lgan loyihani
ochish mumkin.
149
24-rasm Bu oyna uchta ilovadan tashkil topgan:
New (Yangi) — shablonlardan va yangi loyiha yaratish uchun
masterdan tashkil topgan;
Existing (Mavjud) — ilgari yaratilgan loyihani va Visual Basic 6
ni loyiha-misollarini ochishga imkon beradi. Ushbu ilova yoyiladigan
menyuga ega va u yordamida kompyuterda barcha mavjud bo‘lgan
papkalarni tanlash mumkin.
Recent (Yaqinda yaratilgan) — Oxirgi vaqtda ochilga loyihalarni
o‘z ichiga oladi.
Yangi loyihani yaratishda New ilovasi ishlatiladi. Unda mavjud
bo‘lgan loyiha shablon turlarini tanlash mumkin, lekin boshlang‘ich
bilim olish maqsadida standart ilovani tanlaymiz:
Standard EXE —bajariladigan standart ilovalar.
Integrallashgan ishlab-chiqarish muhiti (IDE) bizga ma’lim
bo‘lgan Microsoft ilovalarining boshqa turdagi grafik interfeysni
namoyon qiladi. Uning tashqi korinishi 25-rasmda ko‘rsatilgan.
150
25-rasm Loyihalash muhitining tarkibiga quyidagi asosiy elementlar kiradi:
Asosiy menyu;
asboblarning standart paneli