41
Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli kadastrlar ma‘lumotlari bu
kadastrlarni
yuritish
bo‗yicha
vakolatli
organlar
tomonidan
―Davyergeodezkadastr‖ qo‗mitasini
Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya
milliy markaziga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
1) texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastri bo‗yicha – har yili
mart oyida;
2) davlat suv kadastri (yer osti suvlari va suvdan foydalanish bo‗limlari),
davlat o‗rmon kadastri, o‗simlik dunyosi ob‘ektlari
davlat kadastri, muhofaza
etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri, davlat shaharsozlik kadastri,
gidrotexnika inshootlari davlat kadastri, madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastri,
avtomobil yo‗llari davlat kadastri, yetkazib berish quvurlari davlat kadastri, aloqa
ob‘ektlari davlat kadastri, energetika ob‘ektlari davlat kadastri,
chiqindilarni
ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri, tabiiy xavf yuqori bo‗lgan
zonalar davlat kadastri (xavfli geologik jarayonlarning yuzaga chiqish hollari va
seysmik xavf yuqori bo‗lgan zonalar qismlari) bo‗yicha – har yili aprel oyida;
3) hayvonot dunyosi davlat kadastri bo‗yicha – har yili may oyida;
4) temir yo‗llar davlat kadastri, konlar, foydali
qazilmalar va texnogen
hosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri bo‗yicha – har yili iyun oyida;
5) davlat suv kadastri (yer usti suvlari bo‗limi), tabiiy xavf yuqori bo‗lgan
zonalar davlat kadastri (gidrometeorologik hodisalar xavfi yuqori bo‗lgan zonalar
qismi) bo‗yicha – har yili dekabr oyida;
6) davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri,
kartografiya-
geodeziya davlat kadastrlari bo‗yicha – yilning har choragidan keyingi oyning
o‗ninchi sanasiga qadar.
Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli ma‘lumotlar davlat yer kadastri,
binolar va inshootlar davlat kadastri, kartografiya-geodeziya
davlat kadastrlari
bo‗yicha o‗tgan chorakning oxirgi sanasi holatiga ko‗ra, boshqa davlat kadastrlari
bo‗yicha, o‗tgan yilning 31- dekabr sanasi holatiga ko‗ra taqdim etiladi. Har bir
davlat kadastri bo‗yicha tematik qatlamlar va ularning atributiv ma‘lumotlar
jadvali yaratiladi va ular quyidagilardan iborat bo‗ladi: