Davlat kadastrlari


 Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/94
tarix30.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#150718
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   94
ДКА ох2018

3.5. Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri 
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri - 
Yetkazib 
berish 
quvurlari 
ob‘ektlarini, 
geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va 
sifat 
tavsiflari 
va 
iqtisodiy 
baholash 
to‗g‗risidagi yangilanib turiladigan ishonchli 


113 
axborot tizimi. 
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining 
tarkibiy qismi hisoblanadi va ushbu ob‘ektlarni hisobga olish hamda holatini 
baholash maqsadida yuritiladi. 
Neft, gaz va gaz kondensatini Yetkazib berishga mo‗ljallangan O‗zbekiston 
Respublikasi hududidagi mavjud va qurilayotgan quvurlar va ularga xizmat 
ko‗rsatish ob‘ektlari: armaturali Yetkazib berish quvurlarining chiziqli qismi, 
kompressor va nasos stansiyalari, elektrokimyoviy himoya vositalari, gaz 
taqsimlash stansiyalari, neft, gaz va gaz kondensati transporti korxonalari balansida 
bo‗lgan, katta uzunlikdagi, yuqori bosimli, qo‗riqlash zonasiga ega bo‗lgan 
ularning yuqori xavfliligi munosabati bilan Yetkazib berish quvurlari davlat 
kadastri ob‘ektlari hisoblanadi. 
"O‗zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasi Yetkazib berish quvurlari davlat 
kadastrini yuritish bo‗yicha vakolatli organ hisoblanadi. 
Kadastr markazi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, "O‗zbekneftgaz" 
milliy-xolding kompaniyasini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni Yetkazib 
berish quvurlari ob‘ektlari to‗g‗risidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan 
ta‘minlashdan iborat. 
Quyidagilar Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritishning asosiy 
prinsiplari hisoblanadi: O‗zbekiston Respublikasining butun hududida lokal va 
magistral quvurlarning butun tizimini va ularga xizmat ko‗rsatish ob‘ektlarini 
qamrab olish; makon koordinatlarining yagona tizimini va yagona topografiya 
asoslarini 
qo‗llash; 
barcha 
ob‘ektlar 
bo‗yicha 
kadastr 
axborotlarini 
shakllantirishning yagona metodologiyasi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, 
ko‗rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining ochiqligi.
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish quvur ob‘ektlarini 
ro‗yxatga olish, baholash va davlat yer kadastri hamda bino va inshootlar davlat 
kadastri axborotlaridan majburiy foydalanilishini nazarda tutadi.
Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlariga tegishli bo‗lgan yer uchastkalari, 
binolar va inshootlarga bo‗lgan huquqlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish ko‗chmas 


114 
mulkka bo‗lgan huquqlarni ro‗yxatdan o‗tkazish uchun belgilangan tartibda 
vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi. 
Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlariga tegishli bo‗lgan, davlat yer kadastridan 
berilayotgan yer uchastkalari yer-kadastr axborotlari bilan ta‘minlangan bo‗lishi 
kerak. Bino va inshootlar davlat kadastridan yetkazib berish quvurlari davlat 
kadastriga tegishli bo‗lgan bino va inshootlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar berilishi 
kerak. 
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish qog‗oz va/yoki elektron 
manbalarda olib boriladi va tizimlashtirilgan kadastr axboroti Davlat kadastrlari 
yagona tizimiga belgilangan tartibda beriladi. Kadastrni yaratish va yuritish 
ishlarini moliyalashtirish "O‗zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasining tegishli 
korxonalari mablag‗lari hisobiga amalga oshiriladi. 
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish "O‗zbekneftgaz" milliy-
xolding kompaniyasining quyidagi tarkibiy bo‗linmalari: "O‗zLITI neftgaz" ochiq 
aksiyadorlik jamiyati huzuridagi Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri xizmati; 
neft-gaz-transport korxonalarining kadastr bo‗linmalari tomonidan amalga 
oshiriladi. Hisobga olish va baholash kadastr axborotlarini shakllantirish Yetkazib 
berish quvurlari bo‗yicha ma‘lumotlar banki tashkil etilgan holda "O‗zLITI 
neftgaz" ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladi. 
"O‗zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasining Yetkazib berish quvurlari 
ob‘ektlarini quruvchi, foydalanuvchi, rekonstruksiya qiluvchi va ta‘mirlovchi 
bo‗linmalari ma‘lumotlar bazasiga ob‘ektlarining miqdor va sifat o‗zgarishlari, 
holati va ulardan foydalanish to‗g‗risidagi axborotni kiritishlari shart.
Yetkazib 
berish 
quvurlari 
davlat 
kadastri 
xizmati: 
Kadastrning 
avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilishi va mavjud bo‗lishini ta‘minlaydi; 
ma‘lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, uni neft-gaz-transport korxonalariga 
beradi, ma‘lumotlar bazasi to‗g‗ri to‗ldirilishi ustidan nazorat qiladi; xodimlarni 
kadastrning avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlash bo‗yicha o‗qitishni 
tashkil etadi; korxonalar tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotlarini 
tizimlashtiradi va davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi; 


115 
yangi ob‘ektlar to‗g‗risidagi hisobga olish va baholash ma‘lumotlari to‗planishi 
ustidan nazorat qiladi; shakllantirilayotgan kadastr ma‘lumotlari sifati ustidan 
nazorat olib boradi, uning ishonchlililigi va o‗z vaqtida davlat kadastri 
avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilishi uchun javobgar bo‗ladi; kadastr 
axborotlarining xilma-xilligi va sifatiga talabni muntazam o‗rganadi, kadastrni 
yuritish texnologiyasi takomillashtirilishini ta‘minlaydi; Yetkazib berish quvurlari 
davlat kadastri yuritishni metodik ta‘minlash "O‗zbekneftgaz" milliy-xolding 
kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. 
Neft-gaz-transport korxonalarining kadastr bo‗linmalari: Yetkazib berish 
quvurlari ob‘ektlarining miqdor va sifat holatidagi joriy o‗zgarishlar, ularning atrof 
muhitga ta‘siri, ekologik-iqtisodiy baholash to‗g‗risidagi axborotlarni to‗playdi va 
tizimlashtiradi; Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlari kadastr daftarlarini yuritadi, 
ma‘lumotlar bazasini to‗ldiradi va ularni tizimlashtirib davlat kadastrining 
avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun kadastr xizmatiga beradi; yangi 
ob‘ektlarni hisobga qo‗yadi, ular to‗g‗risidagi hisobga olish va baholash 
ma‘lumotlarini to‗playdi.
"O‗zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasi: butun tarmoq bo‗yicha 
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish bo‗yicha kompaniyaning 
tarkibiy bo‗linmalari ishini muvofiqlashtiradi; har yili belgilangan tartibda 
"Davyergeodezkadastr" qo‗mitasiga Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish 
uchun Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlarining holati va ulardan foydalanish 
to‗g‗risida hisobot taqdim etadi. 
"O‗zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasi tizimidan tashqarida mavjud 
bo‗lgan Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlarining egalari foydalanuvchilar kadastr 
xizmatiga kadastr ob‘ektlarining jug‗rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor 
tavsiflari va baholanishi, shuningdek ular holatining joriy o‗zgarishlari 
to‗g‗risidagi axborotni taqdim etishi shart. 
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish magistral va lokal 
quvurlarning barcha turlarini va ularning xizmat ko‗rsatish ob‘ektlarini ro‗yxatga 
olishdan, ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olishdan, ob‘ektlarni 


116 
ekologik-iqtisodiy baholashdan, shuningdek kadastr axborotlarini to‗plash, tahlil 
qilish, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va uni qonunda belgilangan tartibda 
manfaatdor foydalanuvchilarga taqdim etishdan iboratdir. 
Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlari ro‗yxati ularning miqdor va sifat 
tavsiflarini hisobga olish, ekologik-iqtisodiy baholash uchun asos hisoblanadi. 
Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlari birlamchi ro‗yxatga olinib asosiy 
ko‗rsatkichlari 
qayd 
etiladi. 
Asosiy 
ko‗rsatkichlarning 
tarkibi 
"Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi bilan kelishuv bo‗yicha "O‗zbekneftgaz" milliy-
xolding kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli normativ hujjatlar bilan 
belgilanadi. Ro‗yxat natijalari bo‗yicha har bir ob‘ektga pasport tuziladi. Miqdor 
va sifat tavsiflarining asosiy hisobga olish foydalanishga yangi topshirilgan va 
mavjud bo‗lgan Yetkazib berish quvurlarining har bir ob‘ekti bo‗yicha amalga 
oshiriladi. 
Ob‘ektlar tavsiflarida yuz beradigan bundan keyingi o‗zgarishlar joriy 
hisobga olishda qayd etiladi. Ob‘ektlarning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga 
qo‗yilishi ularning iqtisodiy, texnologik va ekologik belgilar bo‗yicha 
tasniflanishini o‗z ichiga oladi, ularning tarkibi Yetkazib berish quvurlari davlat 
kadastrini yuritish bo‗yicha normativ hujjatlar bilan belgilanadi. 
Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga 
olish uchun "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi bilan kelishuv bo‗yicha 
"O‗zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasi tomonidan texnik parametrlar va 
kadastr axborotini taqdim etish formatlari ishlab chiqiladi.
Hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga 
olish axboroti korxonaning kadastr daftariga yoziladi va Yetkazib berish quvurlari 
davlat kadastri avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi. Yetkazib berish 
quvurlari ob‘ektlarini iqtisodiy baholash har bir ob‘ektning qiymatini belgilash, 
soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun o‗tkaziladi. 
Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlari to‗g‗risidagi kadastr axborotlarining 
ishonchliligi uchun neft-gaz-transport korxonalarining mansabdor shaxslari va 


117 
"O‗zLITIneftgaz" ochiq aksiyadorlik jamiyati huzuridagi yetkazib berish quvurlari 
davlat kadastri xizmati javob beradi. 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin