120
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri ob‘ektlarining barcha turlari
boshlang‗ich ro‗yxatga kiritiladi, ularni yaratish uchun dastlab geodeziya,
topografiya va kartografiya ishlari amalga oshiriladi, ilgari yaratilgan ob‘ektlar
to‗g‗risidagi yangilangan ma‘lumotlar yoziladi. Bunda ilgari yo‗qolgan va qayta
tiklangan geodeziya belgilari va reperlari, ishlarning bajaruvchilari to‗g‗risidagi
ma‘lumotlar, ularni bajarish muddatlari va qiymati ham yoziladi. Ro‗yxat natijalari
bo‗yicha har qaysi ob‘ekt uchun pasport tuziladi. Kartografiya-geodeziya davlat
kadastri ob‘ektlarini hisobga olish haritalar nomenklaturasi bo‗yicha, davlat
geodeziya tarmoqlari klasslari va turlari bo‗yicha, shu jumladan ma‘muriy-hududiy
bo‗linish bo‗yicha hamda aholi punktlari bo‗yicha alohida amalga oshiriladi.
Hujjatli rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga olish
axborotlari reestr daftariga yoziladi va Kartografiya-geodeziya davlat kadastrining
avtomatlashtirilgan axborotlar tizimiga kiritiladi.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri ob‘ektlari to‗g‗risidagi kadastr
axborotlarining ishonchliligi uchun Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi javob
beradi.
Dostları ilə paylaş: