Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1.
Ilk davlatlar vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari haqida
so‘zlab bering.
2. Ilk davlat birlashmalari boshqaruvining mahalliy xususiyatlari.
3. Qadimgi So‘g‘diyonaning iqtisodiy hayoti haqida so‘zlab bering.
3. MAVZU. O‘ZBEKISTONDA QADIMGI DAVR
DAVLATCHILIGI TARIXI (MILODDAN AVVALGI VI -
MILODIY IV ASRLAR)
Reja:
1.
Ahamoniylar hukmronligi davrida O‘rta Osiyo xalqlari
2.
Makedoniyalik Iskandar saltanati tarkibida O‘rta Osiyo xalqlari
3.
Salavkiylar davrida O‘rta Osiyo
17
4.
O‘zbekiston hududlarida Yunon-Baqtriya davlatchiligi
5.
Qang‘ davlati davlatchiligi tarixi
6.
Kushon davlati va uning davlatchilik xususiyatlari
Tayanch so‘z va iboralar
. Ahamoniylar saltanati, Filipp II,
Aleksandr, Yunon-makedonlar, Yunon-Baqtriya, Qang‘, Kushonlar
1.
Ahamoniylar hukmronligi davrida O‘rta Osiyo xalqlari
Miloddan avvalgi VI asr o‘rtalarida kuchayib borgan Ahamoniylar
davlati tez orada Midiya, Lidiya, Ikki daryo oralig‘idagi bir qancha
davlatlar, Kichik Osiyo va Kaspiy dengizi janubiy hududlarini bosib
olgach, miloddan avvalgi VI asrning 30-yillarida podsho Kir
qo‘mondonligi ostida O‘rta Osiyo hududlariga bostirib kiradi.
Gerodotning xabar berishicha, Markaziy Osiyo xalqlarining erksevar,
mardonavor jangchi, harbiy tayyorgarligi kuchli ekanligini Kir tan olgan
va aynan shuning uchun ham bu yurishlarga shaxsan o‘zi boshchilik
qilgan edi. Bir necha kun qo‘shin bilan bu yerda jangga tayyorgarlik
ko‘rgan Kir, bobosi Krez va o‘g‘li Kambizni Eronga qaytarib yuboradi
va daryo ustiga ko‘prik qurdirib (Gerodot bu daryoni Araks deb ataydi –
Amudaryo), massagetlar ustiga yurish qiladi. Bu yerda mahalliy
xalqlarning qattiq qarshiligiga uchragan Kir massagetlar bilan bo‘lib
o‘tgan to‘qnashuvlardan birida o‘ldiriladi.
Massagetlar malikasi To‘marisning Eron shohi Kir ustidan g‘alabasi
Gerodot «Tarix” asarining birinchi kitobida yozilgan bo‘lib, bu voqeani
V asrda yashagan qadimgi Rim tarixchisi Pavel Oroziy “Jahon tarixi”
kitobida keltirib o‘tgan edi. Kir lashkarlarining tor-mor etilishi va
Kirning halokati miloddan avvalgi 530-yilning avgust oyi boshlarida
ro‘y beradi. Massagetlar malikasi To‘marisning eronliklar ustidan
g‘alabasi haqida Fotiy, Ktesiy, Pompey Trog, Ksenofont, Strabonlar
ham yozib qoldirganlar.
Keyinchalik, miloddan avvalgi 522-yilda Ahamoniylar taxtiga
o‘tirgan Doro I o‘z saltanatining sharqiy viloyatlarida, ya’ni Marg‘iyona,
Parfiya va saklar hududlarida Eronga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlarni
bostirish uchun harbiy harakatlar boshlaydi. Ayniqsa, Marg‘iyonada
Frada boshchiligida bo‘lib o‘tgan ozodlik kurashlari bostirilishi
natijasida 55 ming kishi o‘ldiriladi. Doroning bu yurishidan so‘ng O‘rta
Osiyoning katta qismi Ahamoniylar davlati tarkibiga bo‘ysundiriladi.
Doro va Kserkslar davrida Markaziy Osiyoni o‘ziga bo‘ysundirgan
Eron bu mamlakatlar ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatadi va ayni vaqtda
Ahamoniylar davlatining boshqaruv va soliq tizimlarini joriy qila
boshlaydi. Ahamoniylar tomonidan bosib olingan hududlarning barchasi
18
satrapliklarga bo‘lingan va davlat Markaziy Osiyodan Misrgacha
cho‘zilgan ulkan imperiya bo‘lgan. Davlat hududlari nihoyatda ulkan
bo‘lishiga qaramasdan, markaziy hokimiyat to‘laqonli taraqqiy etmagan
va har bir satraplik hokimi-satraplar o‘zlarini boshqarib turgan
hududlarida shoh deb hisoblar edilar.
Gerodotning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Baqtriya Ahamoniylar
davlatining o‘n ikkinchi viloyati(satrapligi)ni tashkil etib, 300 talant
1
,
Parfiya, Xorazm, So‘g‘diyona va oriylar o‘n oltinchi viloyat bo‘lib, 300
talant, saklar va kaspiybo‘yi xalqlari o‘n beshinchi viloyat bo‘lib, 250
talant, Parikaniya va Osiyo habashlari o‘n yettinchi viloyat bo‘lib, 400
talant boj to‘laganlar. Bundan ko‘rinadiki, Markaziy Osiyo va Xuroson
viloyatlaridan Ahamoniylar har yili 1250 talant miqdorida boj olib
turganlar. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, aynan shu vaqtda qadimgi
Sharqning eng qudratli va taraqqiy etgan Bobil va Ossuriya
davlatlaridan faqatgina 1000 talant miqdorida boj olinganligini hisobga
olinadigan bo‘lsa, Markaziy Osiyo davlatlarining to‘layotgan boj
miqdoriga qarab bu davlatlar iqtisodiy va siyosiy jihatdan o‘sha vaqtdagi
Sharqning eng qudratli davlatlaridan ham bir muncha yuqori pog‘onada
bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Markaziy Osiyo xalqlari bosib olingan boshqa davlatlar kabi o‘z
fuqarolari hisobidan Eron armiyasi uchun lashkar yuborishlari shart
bo‘lgan.
Gerodotning yozishicha, baqtriyaliklar saklar bilan bir qatorda
eng yaxshi jangchilar hisoblanib, shoh gvardiyasi qismlariga jalb etilgan.
Shuningdek, Gerodot o‘z asarida baqtriyalik jangchilarning kiyimlari va
harbiy qurol-yarog‘lari haqida ham ma’lumotlar yozib qoldirgan.
Ahamoniylar saroyida va armiyasida sharqiy viloyatlardan kelib xizmat
qiluvchi vakillar juda ko‘pchilikni tashkil qilgan. Markaziy Osiyoda
yashovchi qabila va elatlar yaxshi suvoriylar va merganlar sifatida
Ahamoniylar armiyasi uchun juda qulay jangovar kuch bo‘lib xizmat
qilganlar.
Gerodot
keltirgan ma’lumotlarga
ko‘ra, Kserksning
Yunoniston bilan bo‘lgan janglarida Markaziy Osiyo qabilalari va
elatlaridan 1700000 piyoda va 800000 suvoriylar qatnashgan. Bular
orasida saklar eng jangovarlari hisoblangan. Dionisiy Periegest (II asr)
saklar ajoyib chavandoz va kamondozlar mohirlik bilan otishlari,
“dunyodagi hamma merganlar orasida eng mohiri skiflar, ular bironta
ham o‘qni bekor ketkazmaydilar” deb aytadi. Diodor esa yunonlar
merganlik san’atini saklardan o‘rganganligini, hattoki “o‘q-yoy” so‘zi
saklardan kirib kelganligini
yozib qoldiradi. Sak jangchilari
1
Бир талант – 25,92 кг кумуш танга
19
Ahamoniylar urushlarining hammasida faol ishtirok etganlar, ularning
qurollari qoldiqlari, ayniqsa, bronzadan ishlangan nayza uchlari Yaqin
va Kichik Osiyo hamda Yunonistondan ko‘plab topilgan.
Ahamoniylar davrida ko‘pgina Sharq xalqlarining siyosiy birligi,
keng madaniy va iqtisodiy aloqalar rivojlandi. Bu davrda O‘rta Osiyoga
oromiy yozuvi kirib keldi, keyinchalik oromiy yozuvi asosida mahalliy
xalqlarning Parfiya, so‘g‘d, baqtriya va xorazm yozuvlari shakllandi va
ilk o‘rta asrlargacha mavjud bo‘ldi.
Ahamoniylar davrida O‘rta Osiyo xalqlarining asosiy mashg‘uloti
dehqonchilik bo‘lgan, shu davrga oid qadimgi manzilgohlardan ko‘plab
dehqonchilikka oid mehnat qurollari topilgan.
Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona,
Farg‘ona, Shosh hududlarida ko‘plab shaharlar va qishloqlar mavjud
bo‘lgan. Yirik shaharlar qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan
o‘rab olingan bo‘lib, bu davrda shaharlarning nafaqat siyosiy markazlar
sifatida, balki ijtimoiy hayot uchun barcha shart-sharoitlar yuzaga
kelgan madaniy va iqtisodiy markazlar sifatidagi ahamiyati ham oshib
bordi. Shaharlarda kulolchilik va temirchilik, bronzadan buyumlar
yasash, to‘qimachilik va savdo-sotiq rivojlangan, shahar atroflaridagi va
shahardagi barcha aholi uchun shahar ichida joylashgan ibodatxona
asosiy diniy marosimlarni bajaruvchi markaz bo‘lib qolgan.
Dostları ilə paylaş: |