Parfiya
ajralib chiqdi va keyinchalik Sharqdagi eng qudratli davlatlardan biriga
aylandi.
4. O‘zbekiston hududlarida Yunon-Baqtriya davlatchiligi
Yunon-Baqtriya davlatining gullab yashnagan davri millodan
avvalgi III asr ikkinchi yarmi va II asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri
keladi. Bu davlatning poytaxti Baqtra shahri bo‘lgan. Davlat bir necha
dehqonchilik viloyati va tumanlarni o‘z ichiga olgan. Xususan, O‘rta
Osiyo, jumladan, O‘zbekistonning janubiy viloyatlaridan tashqari bu
davlat hududlariga Ariya va Araxoziya (Afg‘onistonning Hirot va
Qandahor viloyatlari), Drangiana (Sharqiy Eron), Paropamis (Hindikush
tog‘larining janubiy yonbag‘ri), Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismi va
Sind viloyatlari kirgan. Davlat markazlashgan hokimiyatga bo‘ysinuvchi
boshqaruv tizimiga ega edi. Podsho yoki davlat hukmdorlari yunon-
makedonlardan bo‘lib, uni turli yillarda
Diodot
,
Yevtidem
,
Demetriy
va
Yevkradit
boshqarganlar. Davlat boshqaruv tizimi Iskandar davrida
joriy etilgan siyosiy an’analarga asoslangan edi. Podsho hokimiyati
harbiy kuchlarga va viloyatlar hokimlariga tayanar edi. Muhim savdo
yo‘llari bo‘ylab harbiy-strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan
joylarda tayanch istehkomlari va qal’alar qurilgan edi.
Davlat ishlariga yunonlar va mahalliy baqtriyalik zodagonlar jalb
qilinganligi uchun bu davlat Yunon-Baqtriya podsholigi deb ataldi. Bu
davlatning asosi dastlab Baqtriya bo‘lgan, uning poytaxti Zariasp edi.
Keyinchalik, bu shahar Baqtr nomi bilan mashhur bo‘lib ketdi. Diodot I
va Diodot II lar davrida Yunon-Baqtriya So‘g‘diyona, Marg‘iyona,
Choch, Dovon, Sharqiy Eron hisobiga kengayadi. Miloddan avvalgi
230-yili So‘g‘diyona noibi Yevtidem I qo‘shinlari Diodot II
qo‘shinlarini yengib Baqtriya taxtini egallaydi.
Miloddan avvalgi 208-206-yillarda Salavkiylar podshosi Antiox III
bilan Yevtidem o‘rtasidagi ikki yilga cho‘zilgan urush, sulh bilan
tugaydi. Antiox III Yevtidemning shohligini tan olishga majbur bo‘ladi.
Chunki shu davrda shimoldan ko‘chmanchi qabilalar xavf solib turgan
edi. Yevtidem I va uning o‘g‘li Demetriy davrida Yunon-Baqtriya
kuchayib Seyistondan Hind daryosigacha bo‘lgan yerlar Yunon-Baqtriya
23
podsholigiga qo‘shib olinadi. Miloddan avvalgi 175-yilda podsho
Demetriy Hindistonda jang olib borayotgan edi. Shu davrda uning
sarkardasi Yevkradit qo‘zg‘olon ko‘tarib Yunon-Baqtriya taxtini
egallaydi. Demetriy esa janglarning birida halok bo‘ladi. Shundan keyin
podsholik ikkiga bo‘linib ketadi. Birinchisi Yevkradit va uning vorislari
boshqargan
Yunon-Baqtriya,
ikkinchisi
Demetriy
va
vorislari
boshqargan Yunon-Hind davlatlaridir.
Miloddan avvalgi 162-yili Yevkradit Panjobga qo‘shin tortib uni
bosib oladi. Lekin ko‘p o‘tmay Yunon-Hind shohi Menandr qo‘shinlari
Yevkradit qo‘shinlarini Panjobdan uloqtirib tashlaydi.
Shu davrda Parfiya podshosi Mitridat I Yunon-Baqtriyaning
g‘arbiy viloyatlarini bosib oladi. Miloddan avvalgi 160-yili Yevkradit
bilan o‘g‘li Geleokl o‘rtasida o‘zaro nizo kelib chiqadi. Yevkradit o‘z
o‘g‘li Geleokl tomonidan o‘ldiriladi. Geleokl davrida Yunon-Baqtriya
davlati kuchsizlanib, uning ixtiyorida Baqtriyagina qoladi. Miloddan
avvalgi 140-130-yillar orasida shimoli-sharq va shimol tomondan sak va
yuechji qabilalarining shiddatli hujumlari boshlanadi. Bu hujumlar
natijasida Yunon-Baqtriya davlati ag‘darib tashlanadi. Shu bilan 120 yil
davr surgan Yunon-Baqtriya davlati ham barham topadi. Yunon-
Baqtriya o‘sha zamonning quldorlik davlatlaridan biri bo‘lgan. Yunon-
Baqtriya davlati tepasida podsho turgan. Podsholik taxti otadan o‘g‘ilga
meros bo‘lib o‘tgan. Podsholik mulklari viloyatlarga bo‘linib, uni
viloyat hokimlari – gipparxlar boshqarganlar. Gipparxlar esa to‘g‘ridan-
to‘g‘ri podshohlarga itoat etganlar. Podsholikning Yunon-Baqtriya
qismida urug‘i Hindistondan keltirilgan paxta ham ekilgan. Ehtimol ipak
qurti ham boqilgandir. Podsholikda qo‘y, echki, qoramol, ot, tuya,
qo‘tos, o‘rgatilgan fil, it va parranda boqqanlar. Yunon-Baqtriya otlari
va tuyalari juda mashhur bo‘lgan. Boshqa joylarga qaraganda Yunon-
Baqtriyada shaharlar ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun qadimgi tarixchilar
Pompey
va
Apollodyerlar
Yunon-Baqtriyani
“ming shaharlar
mamlakati”, deb bejiz aytishmagan. Eng yirik shaharlar Baqtra, Termiz,
Yevkratideya, Demetriya, Aleksandriya va boshqalar bo‘lgan. Bu
shaharlarlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topgan.
Yunon-Baqtriyada savdo-sotiq ham juda rivojlangan edi. Yunon-
Baqtriya shimoldan janubga, sharqdan g‘arbga o‘tadigan karvon
yo‘lining qoq o‘rtasida joylashgani savdo-sotiqning rivojlanishiga imkon
bergan. Yunon-Baqtriya savdogarlari va podsholari Hindiston, Xitoy,
Parfiya davlatlari, Oks va Yaksart bo‘yi xalqlari bilan savdo, iqtisodiy
va madaniy aloqalar olib borganlar. Yunon-Baqtriya podsholari savdoda
24
qo‘llaniladigan oltin va kumush tangalar chiqarganlar. Yunon-Baqtriya
madaniyatining ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Buni biz
Dostları ilə paylaş: |