23
podsholigiga qo‘shib olinadi. Miloddan avvalgi 175-yilda podsho
Demetriy Hindistonda jang olib borayotgan edi. Shu davrda uning
sarkardasi Yevkradit qo‘zg‘olon ko‘tarib Yunon-Baqtriya taxtini
egallaydi. Demetriy esa janglarning birida halok bo‘ladi. Shundan keyin
podsholik ikkiga bo‘linib ketadi. Birinchisi Yevkradit va uning vorislari
boshqargan
Yunon-Baqtriya,
ikkinchisi
Demetriy
va
vorislari
boshqargan Yunon-Hind davlatlaridir.
Miloddan avvalgi 162-yili Yevkradit Panjobga qo‘shin
tortib uni
bosib oladi. Lekin ko‘p o‘tmay Yunon-Hind shohi Menandr qo‘shinlari
Yevkradit qo‘shinlarini Panjobdan uloqtirib tashlaydi.
Shu davrda Parfiya podshosi Mitridat I Yunon-Baqtriyaning
g‘arbiy viloyatlarini bosib oladi. Miloddan avvalgi 160-yili Yevkradit
bilan o‘g‘li Geleokl o‘rtasida o‘zaro nizo kelib chiqadi. Yevkradit o‘z
o‘g‘li Geleokl tomonidan o‘ldiriladi. Geleokl davrida Yunon-Baqtriya
davlati kuchsizlanib, uning ixtiyorida Baqtriyagina qoladi.
Miloddan
avvalgi 140-130-yillar orasida shimoli-sharq va shimol tomondan sak va
yuechji qabilalarining shiddatli hujumlari boshlanadi. Bu hujumlar
natijasida Yunon-Baqtriya davlati ag‘darib tashlanadi. Shu bilan 120 yil
davr surgan Yunon-Baqtriya davlati ham barham topadi. Yunon-
Baqtriya o‘sha zamonning quldorlik davlatlaridan biri bo‘lgan. Yunon-
Baqtriya davlati tepasida podsho turgan. Podsholik taxti otadan o‘g‘ilga
meros bo‘lib o‘tgan. Podsholik mulklari viloyatlarga bo‘linib, uni
viloyat hokimlari – gipparxlar boshqarganlar. Gipparxlar esa to‘g‘ridan-
to‘g‘ri podshohlarga itoat etganlar. Podsholikning Yunon-Baqtriya
qismida urug‘i Hindistondan keltirilgan paxta ham ekilgan. Ehtimol ipak
qurti ham boqilgandir. Podsholikda qo‘y, echki, qoramol, ot, tuya,
qo‘tos, o‘rgatilgan fil, it va parranda boqqanlar.
Yunon-Baqtriya otlari
va tuyalari juda mashhur bo‘lgan. Boshqa joylarga qaraganda Yunon-
Baqtriyada shaharlar ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun qadimgi tarixchilar
Pompey
va
Apollodyerlar
Yunon-Baqtriyani
“ming shaharlar
mamlakati”, deb bejiz aytishmagan. Eng yirik shaharlar Baqtra, Termiz,
Yevkratideya, Demetriya, Aleksandriya va boshqalar bo‘lgan. Bu
shaharlarlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topgan.
Yunon-Baqtriyada savdo-sotiq ham juda rivojlangan edi. Yunon-
Baqtriya
shimoldan janubga, sharqdan g‘arbga o‘tadigan karvon
yo‘lining qoq o‘rtasida joylashgani savdo-sotiqning rivojlanishiga imkon
bergan. Yunon-Baqtriya savdogarlari va podsholari Hindiston, Xitoy,
Parfiya davlatlari, Oks va Yaksart bo‘yi xalqlari bilan savdo,
iqtisodiy
va madaniy aloqalar olib borganlar. Yunon-Baqtriya podsholari savdoda
24
qo‘llaniladigan oltin va kumush tangalar chiqarganlar. Yunon-Baqtriya
madaniyatining ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Buni biz
Dostları ilə paylaş: