6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA
miloddan avvalgi X-V ming yilliklarga mansub Zarautsoy suratlari
misolida ko‘ramiz.
Yunon-Baqtriyada yunon va mahalliy baqtr madaniyatining
aralashuvi natijasida ellin madaniyati vujudga kelgan. Haykaltaroshlik,
rassomchilik, naqqoshlik kabi tasviriy san’at ham rivoj topgan. Yunon-
Baqtriyada hindlarning buddizm, zardushtiylik va yunonlarning ko‘p
xudolik dinlari aralashib ketgan edi.
Yunon-Baqtriya davlati
130-140 yil yashadi. Lekin u yerda
yashagan xalqlar yuksak madaniyat yaratib qo‘shni xalqlar madaniyatiga
barakali ta’sir ko‘rsatgan. Bu madaniyatning rivojida O‘rta Osiyo,
xususan, o‘zbek xalqi bobokalonlarining ham katta xizmati bor.
Mamlakatning keyingi taraqqiyoti Kushon podshlogi bilan
bog‘liq
bo‘lgan.
Tadqiqotchilarning
fikricha,
Yunon-Baqtriya
davlatining chegaralari doimiy mustahkam bo‘lmasdan, harbiy-siyosiy
vaziyatdan kelib chiqib o‘zgarib turgan. Mil. avv. III asrning oxirlarida
O‘rta Osiyo janubidagi harbiy-siyosiy vaziyat haqida Polibiy ma’lumot
beradi. Uning yozishicha, Salavkiylar tomonidan Baqtriyada qamal
qilingan Yevtidem, ularning hukmdori Antiox III ga “chegarada
ko‘chmanchi qabilalar turganligi va ular chegaradan o‘tadigan bo‘lsa har
ikkala tomonning ham ahvoli og‘ir bo‘lishi mumkinligini” bildiradi. Bu
ko‘chmanchilar mil. avv. III asrning oxirlarida Zarafshon daryosiga
qadar deyarli butun Sug‘dni egallagan bo‘lib, bu hududlar Yunon-
Baqtriya davlatining vaqtinchalik shimoliy chegarasi edi. Shuningdek,
g‘arbiy Hisor tog‘lari ham shimoliy chegaralar bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Yunon-Baqtriya davlatining gullab-yashnagan davri mil. avv. III asrning
ikkinchi yarmi va II asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Janubiy
hududlardagi o‘sha davrga oid Jondavlattepa, Dalvarzin (pastki
qatlamlar), Oyxonim, Qorabog‘tepa kabi yodgorliklardan hokim
saroylari, ibodatxonalar, turar-joy, mehnat va jangovar qurollar, turli
hunarmandchilik buyumlari hamda ko‘plab tanga pullarning topilishi bu
hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi rivojlanish
jarayonlaridan dalolat beradi.
Yunon-Baqtriya Osiyodagi eng yirik davlatlaridan biri bo‘lgan. U
ravnaq topgan vaqtda Turonning sharqiy, janubi-sharqiy viloyatlari,
g‘arbiy Xitoy, Baqtriya va Hindistonning katta qismini egallagan edi.
Podsholik yerlarining katta maydonlari tog‘lardan iborat. Hind, Oks,
Gang, Braxmaputra va Jamna daryolarining bo‘ylari tekisliklardan iborat
25
bo‘lgan. Bu o‘lka hayvonot, o‘simliklar, yer osti va usti qazilma
ashyolariga juda boy edi. O‘lkaning boy tabiiy sharoiti bu yerda
qadimdan odamlarning yashashlari uchun imkon bergan. Bu o‘lkada ilk
tosh asridan beri aholi yashab keladi. Podsholik katta maydonni
egallagani uchun unda –