38
ta’minlashga katta e’tibor berishgan. Bu davrda shaharlar kengaygan.
Shaharlar va yirik qishloqlarda karvonsaroylar qurilgan. Biroq, Turk
xoqonligida ichki vaziyat notinch edi. Bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan
turli ijtimoiy va siyosiy kuchlar o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyatlar
hokimiyatni zimdan yemirib borgan. Markaziy hokimiyat bilan mahalliy
hukmron tabaqalar o‘rtasida ziddiyat kuchayishi natijasida xoqonlik
zaiflashib, inqirozga yuz tutdi. Eron bilan olib borilgan doimiy urushlar
Turk xoqonligi mavqeyini yanada pasaytirdi. 588-yilda xoqonlik
qo‘shinlarining qattiq zarbaga uchrashi,
uning parchalanishiga olib
keldi. VI asrning 80-yillariga kelib, Turk xoqonligi Sharqiy va g‘arbiy
qismlarga bo‘linib ketdi.
G‘arbiy turk xoqonligining markazi Yettisuv hududlari hisoblanib,
xoqon yozda Isfijob (Sayram), qishda esa Siyobni qarorgoh qilardi. Har
ikki xoqonlik aholisining asosiy mashg‘uloti, asosan, chorvachilik
bo‘lsada, biroq bosib olingan mahalliy xalqlar evaziga, G‘arbiy
xoqonlikning ko‘pchilik qismi dehqonchilik xo‘jaligi va o‘troq turmush
tarzi bilan bog‘langan edi. Shuningdek, xoqonlik tomonidan Buyuk Ipak
yo‘lining shimoliy tarmog‘i nazoratga olingandan so‘ng savdo-sotiq va
hunarmandchilik ko‘lamlari ham kengayib bordi.
Mahalliy xalqlarning davlatchilik an’analarini turkiy boshqaruv
bilan qorishtirish va boshqaruvda, asosan, mahalliy davlatchilik
an’analarining ustunlik qilishi G‘arbiy Turk xoqonligi davlatchilik
munosabatlarining sharqiy xoqonlikka nisbatan
yuksak taraqqiy qilgan
darajaga ko‘tarishi uchun imkon yaratdi va boshqaruv munosabatlari
murakkablashib bordi. Markaziy hokimiyatning nisbatan kuchayishi,
xoqonlik
hududlarining
kengayishi
davlatning
mustahkamlanib
borishiga olib keldi. Ayniqsa, xoqonlik ikkiga ajralgan VI asrning 80-
yillaridan boshlab o‘tgan yarim asrlik vaqt davomida, VII asrning
birinchi choragiga kelib G‘arbiy Turk xoqonligi nisbatan kuchayib
boradi. Bu vaqtga kelib uning sarhadlari Oltoydan Hind daryosi
bo‘ylarigacha borib taqaladi.
To‘nyabg‘uning hukmronligi yillarida (618-630-yy.) G‘arbiy
xoqonlikda davlat boshqaruviga oid ayrim islohotlar
amalga oshiriladi
va bunga ko‘ra mahalliy hokimlarga yabg‘u darajasi joriy etiladi. Bu esa
mahalliy hokimlarni xoqonlikka, bevosita tobe hokimliklarga yoki
noibliklarga
aylantirilsa,
ayni
vaqtda
mahalliy
hokimlarning
mustaqillikka bo‘lgan intilishlari uchun sharoitni yuzaga keltiradi va
keyingi davrlardagi siyosiy tarqoqlik va markaziy hokimiyatning
zaiflashuvi uchun zamin hozirlaydi.
39
VII asr boshlarida G‘arbiy Turk xoqonligi eng kuchaygan darajaga
erishgan vaqtda Xitoy bilan har ikki tomonni qoniqtiruvchi diplomatik
aloqalar o‘rnatildi va eski aloqalar tiklandi. Shu asrning 30-yillarida
xoqonlik hududlariga xitoylik Syuan Syan keladi va Issiqko‘l, Chu
vodiysi, Choch viloyati,
Samarqand, Buxoro va Amudaryo bo‘ylarini
kezib bu yerda ko‘rgan kechirganlari haqida o‘zining esdaliklarini yozib
qoldiradi.
Xoqonlikda mahalliy hokimlarning mustaqillikka intilishi va ayni
vaqtda o‘zaro kurashlari boshlanishi davlatning va markaziy
hokimiyatning zaiflashuviga va parchalanishiga olib keladi. Bunday
holat esa Xitoy tomonidan xoqonlikka qarshi harbiy harakatlarni
boshlashiga turtki beradi va 659-yilda Tan imperiyasi qo‘shinlari
Yettisuvga bostirib kiradi. Bu kurashlarda mag‘lubiyatga uchragan
xoqonlik hududlarida Xitoy oliy hokimiyati hukmronligi o‘rnatiladi,
biroq xitoyliklarning 660-yildan boshlab Turk xoqonligi hududlarida
xitoycha ma’muriy boshqaruv uslubini joriy etishga bo‘lgan
urinishlari
naf bermaydi.
VII asrning oxiriga kelib O‘rta Osiyoda xoqonlikni qayta tiklash
uchun harakatlar boshlandi, avvalgi xoqonlik hududlarida, xususan O‘rta
Osiyo hududlarida bir necha o‘nlab mayda-mayda hokimliklar
shakllandi va kuchli siyosiy tarqoqlik yuzaga keldi. Xoqonlikni tiklash
uchun barcha harakatlar naf bermadi, ayniqsa, VIII asr boshlarida O‘rta
Osiyo hududlariga boshlangan Arab xalifaligining bosqinchilik
yurishlari turkiy davlatning barham topishiga va ayni vaqtda mahalliy
hokimliklarning tugatilishiga ham olib keldi.
Dostları ilə paylaş: