2. Somoniylar davlati – o‘zbek davlatchiligi taraqqiyotida yangi
bosqich
Tohiriylar sulolasining inqirozga yuz tutishi natijasida IX asrda
Movarounnahrda yangi – Somoniylar sulolasi paydo bo‘ldi.
Ma’munning xalifalik taxtini egallashida Movarounnahrlik Somon ibn
Xudodning ham alohida xizmati bor edi. Shuning uchun ham xalifa
Ma’mun o‘ziga sodiq Somonxudod avlodlariga katta ishonch bildirib,
ularga Movarounnahrning turli hududlarini mustaqil boshqarish
huquqini topshirib qo‘yadi. Ahmad 819-820-yillardan 864-865-
yillargacha Farg‘ona mulkida, No‘h 812-820-yillardan 841-842-
yillargacha Samarqandda, Yahyo 819-820-yillardan 841-842-yillargacha
Samarqandda, Yahyo 819-820-yillardan 855-856- yillargacha Shosh va
Ustrushonada hokimlik qiladilar. Dastlabki davrlarda somoniylar
Tohiriylarga tobe bo‘lib, ular orqali xalifalikka ma’lum miqdorda
to‘lovlar yuborib turganlar. Xalifalik xazinasiga Samarqand hududi 326
ming, Farg‘ona – 280 ming, Shosh – 607 ming, Usturshon – 50 ming
muhammadiy dirham miqdorida har yili to‘lovlar yuborgan. Somoniylar,
tohiriylardan farqli o‘laroq, dastlab o‘z hududlarida kumush dirhamlar
emas, balki mis tangalar zarb etganlar. Biroq asta-sekinlik bilan somoniy
hukmdorlar o‘z ta’sir doiralarini kengaytirib, o‘lka mustaqilligini
mustahkamlab borganlar. Ayniqsa, No‘h ibn Asad vafotidan so‘ng Nasr
ibn Ahmad Somoniyning Samarqandga noib etib ko‘tarilishi (855)
hamda ko‘p o‘tmasdan Yahyo o‘limidan keyin (856) Shosh va
Ustrushon yerlarining ham uning tasarrufiga o‘tishi Somoniylar davlati
hududlarining birlashuvida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 865-yilda
50
otasi Ahmad ibn Asad (865-892) vafotidan so‘ng amalda Nasr
Movarounnahrning birdan-bir yagona hukmdori bo‘lib qolgandi. Nasr
ibn Ahmad o‘z davlatining sharqiy hududlarini ko‘chmanchi
qabilalarning hujumlaridan muhofaza qilish, so‘ngra kuchli jangovar
armiya tashkil qilish, Buxoro yerlarini tohiriylardan qaytarib olishdan
iborat asosiy maqsad, vazifalarni ham muvaffaqiyatli hal eta oldi. Nasr
Turkiston shahri tomon yurish qilib, ko‘chmanchi qabilalar ustidan
muhim g‘alabaga erishadi. 874-yilda esa tohiriylarga qarshi ko‘tarilgan
Buxoro xalqi qo‘zg‘olondan foydalanib, Buxoroni ham o‘z davlatiga
qo‘shib oladi. Buxoroni idora etishni Nasr ukasi Ismoilga topshiradi.
Shu tariqa Movarounnahrning amaldagi mustaqilligi Nasr va Ismoil
Somoniylar tomonidan ta’minlanib boshqariladi. Nasr Ismoilni o‘z noibi
deb hisoblar edi. Ismoil ibn Ahmad Buxoroda o‘z hokimiyatini
mustahkamlab olgach, Samarqandga yuboriladigan soliqni yubormay
qo‘ydi. Shundan so‘ng, aka-uka o‘rtasida nizo paydo bo‘ladi: 886-yili
Nasr va Ismoil qo‘shinlari to‘qnashdilar. Bu jangda Ismoil mag‘lub
bo‘ldi va u vaqtincha Buxoro noibligidan tushirildi. Lekin ikki yil
o‘tgach aka-uka qo‘shinlari o‘rtasida yana to‘qnashuv bo‘ldi. Bu jangda
Ismoilning qo‘li baland keldi. Nasr qo‘shini tor-mor qilindi.
Movarounnahr hukmronligi Ismoil qo‘liga o‘tdi. Lekin Ismoil Nasrdan
taxtni tortib olmadi va Nasr o‘z vafotigacha (892-yili) somoniylarning
boshlig‘i sifatida Samarqandda qoldi. Nasr vafotidan so‘ng Ismoil davlat
boshlig‘i bo‘ldi. Poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko‘chirildi. O‘zaro
janjal va isyonlarni bartaraf etgach Ismoil 893-yili ko‘chmanchilarga
qarshi qo‘shin tortdi va Tarozni egalladi. U bu yerda xonni va uning 10
ming qo‘shinini asir olib, bu jangda katta harbiy o‘ljani qo‘lga kiritdi.
Ismoil arab bosqinidan keyin birinchi bo‘lib o‘zaro janjallar,
bosqinchilar tomonidan talangan o‘lkani buyuk va qudratli davlatga
aylantirish uchun o‘zining bor kuch-g‘ayratini ishga soldi. Qudratli va
markazlashgan davlat tuzish uchun Ismoil birinchi navbatda mahalliy
zodagonlar va savdogarlarning manfaatlarini ko‘zlab ish tutdi.
Davlatning iqtisodiy kuch-qudratini oshirish, qishloq xo‘jaligini,
hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi uchun keng shart-sharoitlar
yaratib berish lozim edi. Shu maqsadda Ismoil yaxshi qurollangan, katta
51
va saralangan qurolli kuchlarni tashkil qilishga kirishdi. U ayniqsa, turk
g‘ulomlaridan iborat qismlarni tuzishga katta e’tibor berdi. Natijada
Somoniylar davlati tez orada musulmon sharqidagi markazlashgan
kuchli davlatga aylandi. Somoniylar sulolasi hukmronlik qilgan yillar
quyidagicha: Nuh ibn Asad (819-842), Ahmad ibn Asad (842-864), Nasr
1 ibn Ahmad (864-897), Ismoil ibn Ahmad (897-907), Ahmad ibn
Ismoil (907-914), Nasr II ibn Ahmad (914-943), Nuh 1 ibn Nasr (943-
954), Abdumalik ibn Nuh (954-961), Mansur 1 ibn Nuh ( 961-976), Nuh
II ibn Mansur (976-997), Mansur II Nuh (997-999). Somoniylar
davlatida markaziy va viloyatlar boshqaruvi tizimi Ismoil Somoniy
davrida uzil-kesil qaror topdi. Bu davlatda markaziy boshqaruv dargoh
(saroy) va devon (mahkama) orqali amalga oshirilgan. Boshqaruvda
amir (hukmdor)ning shaxsiy lashkari bo‘lmish turk g‘ulomlarining roli
katta bo‘lgan. Eng obro‘li, iqtidorli g‘ulomlar xiyolboshi (otliq askarlar
boshlig‘i), so‘ng xojib lavozimini egallaganlar. Amirning hamma hukm,
farmoyishlarini ijro etuvchi sohibi xaros yoki amir (xaros) oliy siyosiy
hokimiyatni boshqargan. Davlat siyosati va mafkura islom diniga
asoslangani uchun Somoniylar davlatida ham xalifalik boshqaruv
tartiblarini takrorlovchi, ayni vaqtda esa mahalliy turkiy xalqlarning
davlatchilikdagi tarixiy an’analarini o‘zida mujassam qilgan davlat
boshqaruv
tizimi
shakllantirildi.
Somoniylar
saroyida
ham
devonboshilar, mirzaboshilar, miroxo‘rlar va boshqa mansablar mavjud
bo‘lgan. Markaziy boshqarma 10 ta devondan iborat bo‘lgan.
Devonlarning eng kattasi vazir devoni hisoblanib, boshqalari unga
bo‘ysungan. Somoniylar davlatidagi markaziy hokimiyat boshqaruvi
ta’sirida xo‘jalik hayoti ham o‘sib asta-sekinlik bilan rivojlanib bordi.
Mamlakat xo‘jalik hayotida “iqto” mulklarining o‘rni katta edi. Bu mulk
egalari esa iqtodor deb yuritilgan. Iqtodorlar ko‘pgina mulklarini davlat
oldidagi alohida xizmatlari uchun yer va suv shaklida olganlar. Iqto
shaklida hatto viloyatlar, vohalar, shahar va tumanlar hadya qilingan.
Somoniylar davrida xo‘jalikning barcha sohalari, dehqonchilik va
chorvachilik rivoj topdi. Sug‘orish shaxobchalarining kengayishi, suv
inshootlari (kanallar, ariqlar, to‘g‘onlar)ning ko‘plab bunyod etilishi
natijasida ziroatchilikning nuhim tarmoqlari – g‘allachilik, sholikorlik,
52
polizchilik, bog‘dorchilik tez o‘sib bordi. Bu sohalar, ayniqsa,
Zarafshon, Qashqadaryo, Shosh, Farg‘ona vodiysi va Xorazm vohasida
ko‘proq rivojlandi. Murg‘ob, Buxoro, Samarqand va Shosh atroflarida
paxtachilik maydonlari kengaydi. IX-X asrlar xo‘jalik hayotida
hunarmandchilik ham alohida o‘rin tutgan. Shaharlarda to‘qimachilik,
kulolchilik, degrezlik, chilangarlik, miskarlik, zargarlik, shishasozlik
singari hunar turlari ancha rivojlandi. Bu esa shaharlar qiyofasining
keskin o‘zgarishiga, ularda oliy imoratlar masjid-u madrasalar, ko‘rkam
rastalar-u karvonsaroylarning qad rostlashiga olib kelgan. Buxoroda
kumush tanga va dirham zarb qilingan. Narshaxiyning yozishicha,
Buxoroda bayt-ut-tiroz, ya’ni to‘qimachilik korxonasi bo‘lgan.
Buxorodan zandanicha nomli matoni Shom, Misr, Rumga olib ketganlar.
Somoniylar davlati feodal yer egaligiga asoslanganligi tufayli undagi
mulkiy bo‘linish ham turli xil shakllarga ega bo‘lgan. Bular
quyidagilardir: 1) mulki sultoniy – sulton (amir)ga tegishli yerlar; 2)
mulk yerlari – xususiy mulk yerlari; 3) vaqf yerlari (machit, madrasa va
boshqa diniy muassasalar tasarrufiga berilgan yerlar); 4) jamoa yerlari.
Olinadigan soliqqa qarab yerlar ikkiga bo‘lingan: a) “Mulki xiroj” –
xiroj yerlar, ya’ni soliq olinadigan yerlar; b) soliq to‘lashdan qisman
yoki butunlay ozod etilgan yerlar. Somoniylar davrida ko‘pchilik
dehqonlar turli xil soliq va to‘lov turlaridan tashqari davlat tomonidan
ko‘plab majburiyatlarni o‘tashga ham jalb etilgan. Suv inshootlarini
tozalash, ta’mirlash, to‘g‘onlar, ko‘priklar, yo‘llar qurish shular
jumlasidan edi. Bunday og‘ir ishlarga jalb qilingan odamlar haftalab, o‘n
kunlab, ba’zan esa oylab o‘z hisobidan ishlab berishga majbur edilar.
Qishloqlarda esa yersiz dehqonlarning ko‘pchiligini kadivorlar, ya’ni
yollanib ishlovchi korandalar tashkil etardi. Korandalar IX-X asrlarda
“sherik” yoki “barzikor”, Xurosonda esa “akkor” deb atalgan.
Dostları ilə paylaş: |