Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

Farg‘ona (Dovon) davlati.
Bu davrda Farg‘ona vodiysida yana bir 
ilk feodal davlat hukm
surardi. Qadimda bu mamlakat Dovon va 
Farg‘ona deb yuritilgan. Uning podsholari “ixshid” deb atalgan, poytaxti 
Koson va Axsikat shaharlarida joylashgan. Farg‘ona Kan siyosiy 
ittifoqidan mustaqil bo‘lib, afshin tomondan boshqarilgan va Tyan-Shan 
xalqlari bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan. 
Dovon shimol tomondan Yettisuv, g‘arbdan Choch va Eloq, 
janubi-g‘arbdan So‘g‘d, janubdan Toxariston va sharqdan Sharqiy 
Turkiston viloyatlari bilan chegaradosh bo‘lgan. Xitoy manbalarida 
ta’riflanishicha, Farg‘ona yerlari juda hosildor bo‘lib, aholisi 
dehqonchilik bilan kun kechirgan, paxta va sholi ekkan. Unda bog‘-u 
bo‘stonlar va gulzorlar mo‘l bo‘lgan. Koson, Axsikat va Kubo kabi yirik 
markaziy shaharlarida hunarmandchilikning turli sohalari rivoj topib, 
uning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarda juda xaridorgir bo‘lgan. 
qo‘shni mamlakatlarga arg‘umoqlar, bo‘yoqlar, rang-barang shisha 
buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan. 
Farg‘ona vodiysida o‘troq aholi bilan bir qatorda tog‘
va tog‘ oldi
yaylovlarida ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chorvadorlar 
yashagan. Qurama va Qoramozor tog‘lari yon bag‘rilarida qadimdan 
yilqichilik bilan shug‘ullanilgan. Bu diyorda ko‘paytirilgan tulpor 
otlarning dong‘i jahonga taralgan. Farg‘onada qo‘y, xachir va tuyalar 
ham boqilgan. 
Shunday qilib, VI-VIII asrlarda Farg‘onada dehqonchilik, 
chorvachilik, hunarmandchilik xo‘jaliklari va ichki hamda tashqi savdo 
rivoj topgan. U mustahkam iqtisodiy poydevorli o‘lka edi. Strategik 
jihatdan qulay geografik o‘rni, mustahkam mudofaa inshootlari bilan 
ta’minlangan Koson, Axsikat, Kubo kabi yirik shaharlari, tog‘ qal’alari, 
vodiy bo‘ylab joylashgan qator-qator istehkomli qo‘rg‘onlari tufayli bu 


44 
diyor kuchli harbiy imkoniyatga ham ega edi. Ilk o‘rta asrlarda Farg‘ona 
O‘rta Osiyoning siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan qudratli 
davlat bo‘lgan. 

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin