Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

Choch va Iloq davlatlari.
V-VII asrlarda Chirchiq va Ohangaron 
vodiylarida ikkita mustaqil ilk feodal davlatlari hukmronlik qilgan. 
Manbalarda ulardan biri Choch davlati, ikkinchisi Eloq mulki nomlari 
bilan tilga olinadi. Chochning poytaxti Chochkat shahri bo‘lib, podshohi 
“tudun” deb yuritilgan. Xitoy manbalarida Choch viloyati Shi va Chje 
nomlari bilan ta’riflanadi. Eloqning poytaxti Tunkat bo‘lgan, hokimlari 
“dehqon” deb atalgan. V asrda Choch viloyati Eftaliylar davlatiga, VI 
asrda esa G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘ysundiriladi. VIII asrda Choch va 
Eloq birlashib yagona davlatga aylanadi va o‘z mustaqilligini tiklab 
oladi. Choch va Eloq shimol va g‘arb tomondan G‘arbiy turk xoqonligi, 
sharqdan Farg‘ona va janubdan Ustrushona bilan chegaradosh edi. 
Choch va Eloq sertarmoq xo‘jalikka ega mamlakat edi. Unda 
sug‘orma dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, ayniqsa 
konchilik, ichki va tashqi savdo yuksak darajada rivojlangan. Ilk o‘rta 
asrlarda Chirchiq daryosidan Zog‘ariq, Bo‘zsuv, Anhor va Kalkovuz 
kabi yirik sug‘orish tarmoqlari qazib chiqarilib, Chochning ekin 
maydonlari nihoyatda kengaygan. Bu davrda Choch vohasi uzil-kesil 
shakllanib, u 50 ga yaqin sug‘orish shoxobchalari vositasida sug‘orilgan. 
Dehqonchilikda ko‘proq arpa, bug‘doy va tariq ekilgan. Ayniqsa, 
Chochning poytaxt shahri atroflari obod edi. Unda 50 dan ortiq katta-
kichik istehkomlar, feodal qo‘rg‘onlari va ko‘shklari, obod qishloqlar 
qad ko‘targan. 
Choch va Eloq tog‘lari oltin, kumush, rangli ma’danlar, temir va 
jilvador chaqmoq toshlarga boy edi. Bu tabiiy boyliklar tufayli qadimda 
bu o‘lkada konchilik va unga asoslangan hunarmandchilik rivoj topadi. 
Oltin va kumushlar qazib olishda ayniqsa, Eloq-O‘rta Sharq 
mamlakatlarida shuhrat topadi. Chotqol va Qurama tog‘larida 
joylashgan Kuxisim, Lashkarak va Koni Mansurdan kumush, 
Ko‘shbuloq va Qizil olmasoy konlaridan oltin, O‘ngurlikon va Oqturpoq 
konlaridan esa feruza kovlab olingan. 
Rangli va nodir ma’dan konlarining o‘zaro yaqinligi, ayirboshlash 
savdo bozori bo‘lgan ko‘chmanchi chorvadorlar dashtining Choch va 
Eloqda tutashib ketgani, mamlakatlararo tashqi savdo aloqalarini 
bog‘lovchi karvon yo‘lining o‘lka orqali o‘tishi bu viloyatlarda ichki va 
tashqi savdo-sotiqning kengayib, shaharlarning gavjumlashuviga imkon 
beradi. 


45 
Chochning mohir ustalari metallardan qurol-yarog‘, uy-ro‘zg‘or 
buyumlari, oltin va kumushlardan turli xildagi zeb-ziynatlar yasaganlar, 
teri oshlab, charm pishirib, paxta va jundan mato to‘qiganlar, sopol va 
shisha idishlar yasab, ichki va tashqi bozorni hunarmandchilik 
mahsulotlari bilan ta’minlaganlar. Chochdan oltin, kumush, qimmatbaho 
toshlar, g‘alla, quruq meva va yilqilar chetga chiqarilgan. 
Shahar aholisining bir qismi savdo bilan mashg‘ul bo‘lgan, VI-
VIII asrlarda Sharqiy Turkiston bilan savdo-sotiq qilishda chochliklar 
Samarqand va Buxoro savdogarlaridan keyin uchinchi o‘rinda turgan. 
Choch poytaxti tashqi savdo munosabatlarining markazi edi. 
Chochning ijtimoiy tarkibi ham ilk feodal jamiyatiga xos edi. U 
mulkdor tabaqa zodagon dehqonlar, mehnatkash tabaqa erkin jamoa 
a’zolari-ozodlar; mulkdor tabaqaga mute-kadivarlar hamda erksiz qul va 
cho‘rilardan iborat edi.

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin