Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

So‘g‘d davlati
.
V-VII asrlarda bu mayda ilk feodal davlatlar, avval 
eftaliylar, so‘ngra Turk xoqonligaga bo‘ysundirilgan bo‘lsa-da, ammo 
eftaliylar ham, turklar ham ularning ichki hayotiga aralashmaydilar. 
Markaziy hokimiyatga boj to‘lab turish bilan ular o‘z mustaqilliklarini 
ma’lum darajada saqlab qoladilar. Bu davlatlarning hukmdorlari o‘z 


41 
atrofidagi mulkdor zodagon dehqonlar va ularning harbiy chokarlariga 
tayanardilar. Chunki ular o‘zaro bir-birlari bilan dushmanlik kayfiyatida 
bo‘lib, shu boisdan biri ikkinchisidan cho‘chigan holda yashar edilar. 
Ular orasida eng yirigi So‘g‘dning ilk feodal davlatlari konfederatsiyasi 
edi. Bu ittifoqqa Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida joylashgan 
Samarqand, Maymurg‘, Ishtixon, Kushoniya, Vardona, Buxoro, Kesh va 
Naxshob mulklari birlashgan edi. Bu mulklarning har biri o‘z hokimiga 
va harbiy chokarlariga ega edi. Ularning ko‘pchiligi Samarqand 
ixshidiga tobe bo‘lsa-da, ammo Buxoro, Kesh va Naxshoblar deyarli 
mustaqil edi. Hatto ular o‘z tanga pullarini zarb qilardilar. VII asr 
birinchi choragida Kesh viloyati kuchayib, qudratli davlatga aylanib 
boradi. VII asr o‘rtalarida Kesh hukmdori - 
ixshid Shishpir
butun 
So‘g‘dda hukmronlikni qo‘lga kiritadi. U o‘z nomidan tangalar zarb 
ettiradi va Xitoy bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatadi. VI asr 
ikkinchi yarimida Keshda Axurpat hukmronlik qilgan vaqtda Kesh va 
Samarqand o‘rtasida kurashlar kuchayib ketadi va Samarqand 
hukmronlikni qaytarib oladi. Endilikda Kesh ixshidi Samarqand 
ixshidiga tobe bo‘lib qoladi va unga 
ixrid
unvoni beriladi. Bu vaqtda 
Samarqand hokimi Varxuman bo‘lgan. So‘g‘diyonaning mahalliy 
hokimlari Choch va Xorazmning mustaqil hokimlari bilan birlashgan 
edilar. Yirik siyosiy birliklar ma’lum muddatlarda shaharlardan birida 
o‘z qurultoylarini o‘tkazib turganlar.
Samarqand ixshidi saroyida ajdodlar ruhiga atab qurbonlik qilish 
uchun maxsus ibodatxona bino qilingan. Unda o‘tkaziladigan har yilgi 
diniy marosimlarda viloyat hukmdorlarining barchasi qatnashardi. 
Yozma va arxeologik manbalardan ma’lum bo‘lishicha, So‘g‘d 
hukmdorlari O‘rta Osiyo va chet el davlatlari bilan elchilik aloqalari olib 
borardilar. Masalan, Afrosiyobda ochilgan devoriy rasmlarda So‘g‘d 
hokimi Varxumaning Chag‘oniyon, Choch va Xitoydan kelgan 
elchilarni qabul qilish marosimi tasvirlanadi. 
So‘g‘diyona hududlari hozirgi Panjikentdan Karmanagacha 
bo‘lgan hududlardan iborat bo‘lgan. Bu vaqtda Buxoro mustaqil davlat 
sifatida ajralib chiqdi va 

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin