1) Markaziy Osiyoda islom kirib kelguniga qadar turli xil diniy e’tiqodlar mavjud bo‘lgan. Jumladan, buddaviylik, zardushtiylik, nasroniylik kabi yirik dinlar bilan bir qatorda mahalliy dinlar ham mavjud bo‘lgan. Milodiy VII asrgacha Markaziy Osiyo xalqlari turlicha dinlarga e’tiqod qilishi bilan ajralib turgan. O‘rta Osiyoda asosan eroniy tilda so‘zlashuvchi aholi - Zardushtiylik diniga e’tiqod qilgan bo‘lsa, janubda istiqomat qiluvchi aholi - buddaviylik diniga sig‘ingan. VI asr oxiri - VII asr boshlarida hattoki ba’zi turk xoqonlarining buddaviylikni qabul qilib, ko‘plab ibodatxonalar qurdirganini tarixiy manbalar va arxeologik topilmalar orqali bilishimiz mumkin

Islomgacha bo‘lgan davrda O‘rta Osiyoda keng tarqalgan asosiy dinlardan biri bu - zardushtiylik dini edi. Zardushtiylik mil.av. I ming yillikda O‘rta Osiyo hududlarida vujudga kelgan bo‘lib, asosan olov, quyosh, suv, tuproq kabilar muqaddas hisoblangan.