Hozirda davlat bilan din (diniy tashkilotlar) o‘rtasidagi
Hozirda davlat bilan din (diniy tashkilotlar) o‘rtasidagi
munosabatlarni tartibga solishning turli shakllari mavjud bo‘lib, ular
bugunga kelib quyidagi uchta asosiy turkumga ajratiladi:
1. Davlat-diniy tashkilot modeli – identifikasion model. Bunday modelni biz, misol uchun, Daniya, Angliya, Gresiya, Shvesiya, Finlyandiya, Norvegiyada (ya'ni Yevropa ittifoqining deyarli uchdan bir qismida), Saudiya Arabistoni, Bruney qirolligi, Qatar, Eron islom respublikasida
2. Separasion, ya'ni davlat dindan ajratilganligiga asoslangan
2. Separasion, ya'ni davlat dindan ajratilganligiga asoslangan
model'. Davlat bilan din o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning bu turiga AQSh, Fransiya, Niderlandiya, Turkiya, MDHdavlatlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi kabi davlatlarni misol sifatida keltirish
mumkin.
3. Kooperasion – neytralitet modeli. Germaniya, Ispaniya, Italiya, Bel'giya, Lyuksemburg, Avstriya kabi mamlakatlarida o‘z aksini topgan.Identifikasion model' muayyan tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, Yevropaning ayrim mamlakatlarida davlat dinini rasmiy belgilash prinsipiga amal qiladi. Jumladan, hozirgi kunda anglikan cherkovi (rasmiy nomlanishi – Angliya cherkovi) davlat maqomiga egadir.
O‘zbekistonda tarkib topgan davlat va din o‘rtasidagi munosabat o‘z
O‘zbekistonda tarkib topgan davlat va din o‘rtasidagi munosabat o‘z
mohiyati, mazmuni va huquqiy asoslariga ko‘ra separasion modelga, ya'ni
davlatdan din, umumta'lim maktablaridan diniy ta'limning
ajratilganligi va vijdon erkinligi, konfessional bag‘rikenglik ta'minlanganligiga asoslanadi.