Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

2.
 
Eftaliylar davlatchiligi va ijtimoiy-siyosiy hayot 
Tarix fanida eftaliylarning kelib chiqishi haqida hozirgacha yagona 
fikr mavjud emas. Bir qancha olimlarning, tadqiqotchilarning fikrlariga 
ko‘ra eftaliylar mahalliy xalqlardan, boshqalari Xorazmdan, yana birlari 
esa massagetlarning yettita urug‘i orasidagi yetakchi qabila bo‘lganligini 
ta’kidlaydilar. 
IV-VI asrlarda O‘rta Osiyoga kelgan ko‘chmanchi qabilalar 
ittifoqi asosida 
Eftaliylar davlati
 
tashkil topdi. Eftaliylar to‘g‘risidagi 
dastlabki ma’lumotlar yunon, xitoy, arab va boshqa xalqlar manbalarida 
uchraydi. Ularda eftaliylar turli nomlar bilan atalgan. Jumladan
xitoylarda Ye-da yoki I-da, suriya va lotin manbalarida 

Eftalit”
, arman 
yozuvlarida 

Tetal
” yoki 

Xettal”
, arab va forschada 

Xaytal
” yoki 
“Haftal

, yunonlarda 

Abdel”
, hindlarda 

Xuna

va boshqalar. 
Xitoy manbalarida eftaliylar turklar 
(
tukyue
)
ga yaqin deyilsa, 
vizantiyalik tarixchi Prokopiy Kesariyskiy ularning kelib chiqishini 

xunnlar”
bilan bog‘laydi. Aksariyat olimlar esa eftaliylarni miloddan 


35 
avvalgi I, milodiy IV asrda Yettisuv va Ili vohasidan Orol dengizi 
bo‘ylariga kelgan “xunnlar” bilan aralashib ketgan sak-massaget 
qabilalarining avlodlaridir, degan fikrni bildiradilar. 
Yunon manbalarida yozilishicha, eftaliylar yagona podsho 
boshqaruviga rivojlangan obod fuqarolik jamiyatiga ega bo‘lishgan. 
Ichki va tashqi munosabatlarda adolat ular uchun asosiy mezon 
sanalgan. Eftallarda patriarxal boshqaruvi tartibi jihatlari ustun bo‘lgan. 
Shuningdek, eftallarning harbiy qo‘shinlar eng qudratli qo‘shinlardan 
hisoblangan. 
Eftaliylar davlati hududiy jihatdan O‘rta Osiyoning asosiy qismi, 
Sharqiy Turkiston va Shimoliy Hindiston hamda Gandxara viloyatlari 
ustidan hukmronlik qilgan. 
Eftaliylar davlatidagi asosiy shaharlar So‘g‘diyona shaharlaridan 
iborat bo‘lib, ular orasida Kushoniya (Kattaqo‘rg‘on yaqinida) Rivdad, 
Poykand, Tallikon, Termiz, Gurgon, Varaxsha kabi shaharlar eftaliylar 
hukmronligi yillarida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan shaharlar sanalgan 
va iqtisodiy jihatdan ancha taraqqiy etgan. V asrdan boshlab Samarqand 
ham taraqqiy eta boshladi. Bu vaqtda davlatning siyosiy markazi 
Poykand shahri, hukmdorlar qarorgohi esa Varaxsha bo‘lganligi taxmin 
qilinadi. 
Eftaliylar yirik davlat tizimini vujudga keltirdilar. Davlat hududlari 
Kushonlar 
davlatidan 
kengroq 
edi. 
Eftaliylar 
davrida 
Eron 
sosoniylarining Sharqqa yurishlariga chek qo‘yildi va sosoniylar uzoq 
yillar davomida Eftallarga tobe bo‘lib keldilar. Eftallar haqidagi 
dastlabki ma’lumotlar asosan V asr o‘rtalariga taalluqlidir. 
Eftaliylarda aholining asosiy qismi dehqonchilik bilan mashg‘ul 
bo‘lgan, 
qolganlari 
esa 
chorvachilik 
bilan 
shug‘ullanganlar. 
Dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi asta-sekin mahalliy aholi 
bilan aralashib borib, o‘troq hayot tarziga o‘ta boshlagan. Jamiyatda 
“sara kishilar” – zodagonlarning mavqeyi kuchayib borgan va ular 
ko‘proq shaharlarga kelib yashay boshlaganlar. Oddiy aholi va 
zodagonlar o‘rtasidagi farq hamma tomonlama yaqqol ko‘rinib turgan. 
Eftaliylarda kushon yozuvining rivoj topgan shaklini ko‘rish 
mumkin. Eftallar yozuvi o‘zining shakli bilan qisman boshqalardan farq 
qilgan va so‘zlar chapdan o‘ngga qarab o‘qilgan. Alifbosida 25 ta harf 
bo‘lgan. Shuningdek, So‘g‘da yozuvi va So‘g‘da tili ham ayrim 
hududlarda yetakchilik qilgan. 
O‘rta Osiyoga bostirib kirgan eftaliylarning janub sari siljishlari 
Eron bilan munosabatlarni keskinlashtirdi. Taxminan 457-yilda 


36 
eftaliylar Vaxshunvar Eftalon boshchiligida - Chag‘oniyon (Termizning 
shimolidagi yerlar), Toxariston va Badaxshonni o‘ziga bo‘ysundirib 
O‘rta Osiyoday kuchli davlatga asos soldilar. Ko‘pchilik olimlar 
Eftaliylar davlatining markazi Poykand (Boykent) yoki Balx bo‘lgan 
degan fikrga kelishgan.
Eftaliylar davlatining kuchayishidan tahlikaga tushgan Eron shohi 
Peruz (Feruz) eftaliylarga qarshi yurishlarda yengilgan. Eron sosoniylari 
uzoq vaqt eftaliylarga xiroj to‘lab turishgan. Keyinchalik, eftaliylar 
Marv, Qobul va Panjob vodiysi, Qorashar, Qashg‘ar va Xutonni ham 
egallaganlar. Eftaliylar Kushon podsholigi hududlarini qo‘lga kiritishib, 
sosoniylar davlatini tugatdilar va O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston, 
Shimoliy Hindiston, Sharqiy Eronni birlashtirgan ulkan davlatga asos 
soldilar. 
Eftaliylar O‘rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
hayotida Muhim o‘rin tutgan. Prokopiy Kesariyskiyning yozishicha: 
“Eftaliylar (saltanati) bir hukmdor orqali idora etilib, o‘z qonuniy 
(adolatli) 
davlatchiligiga 
egadir. 
O‘zaro va qo‘shnilar bilan 
(munosabatlarda) adolat me’yorini saqlashda vizantiyalik va forslardan 
hech ham qolishmaydilar”. Eftaliylar, asosan, dehqonchilik va 
hunarmandchilik bilan, bir qismi chorvachilik bilan shug‘ullanishgan. 
Kushon davlati inqirozidan keyin o‘lkada mustaqil mulkdorlar 
paydo 
bo‘lgan. 
Ular 
Buxoroda-buxorxudot, 
Chag‘oniyonda- 
chag‘onxudot, Vardanzeda-vardanxudot, Shoshda-tudan, Samarqand va 
Farg‘onada-ixshid, Ustrushanada-afshin, Xorazmda-xorazmshoxlar deb 
atalgan. Mulkdorlarning qullar va qaram kishilardan tuzilgan harbiy 
drujinalari bo‘lib, ular 

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin