Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

Tayanch so‘z va iboralar.
Somoniylar, Somonxudot, mahalliy 
zodagonlar, turk g‘ulomlari, Karmatlar harakati, dargoh, devonlar, 
harbiy-ma’muriy 
amaldorlar, 
hanafiylik, 
diniy 
me’morchilik, 
Qoraxoniylar, chig‘illar, yag‘molar, o‘g‘izlar, Hasaniylar sulolasi, 
Tamg‘achxon, Qoraxitoylar, elekxonlar, Xorazmshoh-anushteginiylar, 
Otsiz, Sulton Sanjar, Gurganj, Amiri-oxur (miroxo‘r), Amiri-shikor, 
Tashtdor. 
1. IX asr boshlaridagi va siyosiy jarayonlar Tohiriylar davlatining 
tashkil topishi
IX-XIII asrlarda O‘zbekiston hududida turli boshqaruv usullari va 
ma’muriy tizimiga ega bo‘lgan turli sulolalar boshqargan bir qancha 
davlatlar hukm surdi. Xalifalikka qarshi kuchayib borayotgan 
qo‘zg‘olonlar xalifalarning mahalliy zodagonlarga bog‘likligini 
kuchaytirib 
yubordi 
va 
viloyatlarni 
boshqarishda 
mahalliy 
zodagonlarning roli ortdi. Shu jarayonda Xurosonda Tohiriylar xonadoni 
hukmron mavqeni egallay boshladi. Siyiston (Seiston) hokimi 
Abdulmuhammad Talxa ibn Abdulloh qo‘lida xizmat xonadon boshlig‘i, 
Roziqning Mus’ab, Xusayn va Tohir ismli o‘g‘illari bo‘lib, ular 
birgalikda Hirot viloyatidagi Bushanj shahrini boshqarganlar. 
Xorun ar Rashid (786-809) vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Amin 
xalifa bo‘ldi. Bu vaqtda Xursonda noiblik qilayotgan Abdulloh 
(keyinchalik, Ma’mun laqabi bilan mashhur bo‘lgan) 806-yildan boshlab 
o‘tgan vaqt mobaynida Xuroson va Movarounnahrning noibi sifatida bu 


47 
yerda hukmronlikni to‘laliligicha o‘z qo‘liga olgandan so‘ng 
boshqaruvda katta o‘ringa ega bo‘lgan mahalliy zodagonlarning 
ayrimlarini o‘z atrofiga yig‘ib, ular bilan juda yaqinlashib ketgan edi. 
Garchi 
uni 
mahalliy 
zodagonlar 
qo‘llab-quvvatlasada, ammo 
xalifalikning markaziy qismidagi arablar Aminni xalifalik taxtiga 
ko‘taradilar. Bundan norozi bo‘lgan Ma’mun ukasi Aminga qarshi 
kurashish va o‘zining qonuniy hokimiyatini o‘rnatish uchun besh yil 
tayyorgarlik ko‘radi. Albatta, bu ishlarni Ma’mun yakka o‘zi amalga 
oshira olmas va mahalliy zodagonlarning ko‘magiga muhtoj edi. 
Ma’munning siyosiy va harbiy jihatdan bunday murakkab vaziyatga 
tushib qolishi mahalliy zodagonlarning hokimiyatdagi mavqeyini oshib 
borishi uchun zamin yaratdi. Ma’mun o‘z siyosiy maqsadlarini amalga 
oshirish uchun Xurosondan Tohir ibn Husayn va Movarounnahrdan 
e’tiborli va mavqeyi yuqori bo‘lgan Somonxudot xonadoni vakillari 
bilan ittifoq tuzadi va ularning bevosita qo‘llab-quvvatlashlari va harbiy 
yordamlari bilan taxtni ukasidan tortib oladi. Ma’mun xalifalik taxtini 
egallab, Bag‘dodni qo‘lga kiritgach, 813-yilda Tohirni al-Jazirada noib, 
Bag‘dodda xalifalik qo‘shinlari sipohsalori, Iroqda esa soliq 
majburiyatlarni yig‘ish boshqaruvchisi, 821-yil esa Xuroson noibi etib 
tayinladi. Ayni vaqtda Ma’mun o‘ziga taxtni egallashda yordam bergan 
Movarounnahr zodagonlaridan Somonxudotning nabiralari – Asad ibn 
Samonxudotning farzandlarini bir qator viloyatlarga noib etib tayinlaydi. 
Jumladan, Nuh ibn Asadni Samarqand, Ahmad ibn Asadni Farg‘ona, 
Yahyo ibn Asadni Shosh va Ustrushonaga, Ilyos ibn Asadni esa Hirotga 
hokim etib tayinlaydi. Somoniylar xonadoni vakillari bevosita 
Tohiriylarga bo‘ysungan holda Movarounnahr viloyatlarining yillik 
daromadidan ma’lum miqdordagi mablag‘ni xiroj sifatida xalifalik 
xazinasiga yuborish majburiyatini olganlar. IX asr arab geografi 
Xo‘rdodbeh ma’lumotlariga qaraganda, har yili xalifa xazinasiga 
Shoshdan 607 ming kumush dirham, So‘g‘ddan 326 ming kumush 
dirham, Farg‘onadan 280 ming kumush dirham, Ustrushonadan esa 50 
ming kumush dirham yuborilgan.
Tohir ibn Husayn vafotidan so‘ng Xurosonni Talxa (822-828-yy.) 
va Abdullohlar (828-844) boshqardilar. Mustaqillikka intilgan Tohiriylar 


48 
vakili Abdulloh 833-yilda Ma’mun vafotidan so‘ng o‘zini xalifalikdan 
mustaqil deb e’lon qildi va Marv (keyinchalik, Nishopur) davlat poytaxti 
bo‘ldi. Bu vaqtda Tohiriylar davlati tarkibiga Tabariston, Jurjon, Ray, 
Kirmon, Xuroson, Seyiston, Movarounnahrning janubiy hududlari 
kirgan. Muhammad ibn Tohir (862-873-yy.) hukmronligi davrida 
mamlakat hududlariga hujum qilgan o‘g‘uz qabilalaridan mudofaa 
maqsadida Farova (Qizilarvat yaqinida) va Dehiston (Mashhad) qal’a-
qo‘rg‘onlari qurilib, davlat hududlarining xavfsizligi birmuncha 
kuchaytirildi. Ayni vaqtda Tohiriylar xalifalikning qo‘llab-quvvatlashi 
ostida Movarounnahr viloyatlari ustidan ham hokimlikni to‘laligicha o‘z 
qo‘llariga olgan edilar. 
Mamlakat garchi xalifalikdan mustaqil siyosat yuritib, o‘z ichki 
muammolarini o‘zi bevosita hal etish imkoniga ega bo‘lsada, 
mamlakatdagi oddiy soliq to‘lovchi xalqning ahvoli soliqlarning ko‘pligi 
va bir tomondan ko‘chmanchi turkiy qabilalarning hujumlari ta’sirida 
birmuncha 
og‘irlashgan edi. Shu boisdan mamlakatda xalq 
qo‘zg‘olonlari tez-tez ko‘tarilib turardi. Ularda, ayniqsa, “g‘oziylar” 
faollik ko‘rsatardilar. G‘oziylar ko‘chmanchilar
 
hujumini daf etib turish 
maqsadida ko‘ngillilardan IX asrning 60-yillarida tashkil etilgan bo‘lib, 
ular mamlakat siyosiy hayotidagi faolliklarini ham oshirib borar edilar. 
Tohiriylar o‘z hokimiyatlarini mustahkamlash uchun qishloq xo‘jaligi va 
hunarmandchilikka e’tiborni kuchaytirdilar. Biroq, bu davrda aholidan 
olinadigan soliqlar ham ko‘paytirildi. 
IX asr o‘rtalariga kelib mamlakat ichida yuzaga kelgan siyosiy 
keskinliklar va xalq qo‘zg‘olonlari natijasida aholining quyi tabaqasidan 
bo‘lgan Safforiylarning mavqeyi kuchayib boradi. Mazkur xonadon 
vakillarining yetakchisi Ya’qub ibn Lays o‘zining Amr, Tohir, Ali ismli 
ukalari bilan birgalikda 861-yilda Sijistonni, 867-yil Hirot va Bushanjni, 
869-yil Kirmon va Forsni qo‘lga kiritdilar.
Tohiriylarning so‘nggi vakili Muhammad ibn Tohir (862-873 yy) 
Ya’qub ibn Lays bilan bo‘lgan jangda mag‘lub bo‘lgach, safforiylar 
Nishopurni egalladilar. 879-yilda Ya’qub vafot etgach, hokimiyatni 
uning ukasi Amir ibn Lays egalladi (879-900-yy.) va xalifaga o‘zining 
vassalligini ma’lum qildi. Safforiylar hukmronligi davrida ham xalq 


49 
ommasining ahvoli yaxshilanmadi. Tuzilgan katta qo‘shinni oziq-ovqat, 
kiyim-kechak bilan ta’minlash uchun soliqlar ko‘paytirildi. 
Xurosonda eng yuqori mavqega erishgan safforiylarga xalifa 
Mo‘tazid (870-892-yy.) tomonidan Xuroson viloyatining hokimligi 
topshiriladi, ya’ni Ya’qub ibn Laysni Balx va Toxariston hokimi etib 
tayinlash to‘g‘risida yorliq jo‘natdi. 873-yil Ya’qub Tohiriylar hukmdori 
Muhammad ibn Tohir qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratib, Tohiriylar 
davlatiga barham berdi.

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin