10-MAVZU.
DAVOLOVCHI XUSUSIYATGA EGA
BO‘LGAN ELEKTR TOKIGA ASOSLANGAN
APPARATURALAR.
1. Fizioterapiyaning rivojlanish tarixi. Fizioterapevtik kabinetlar tuzilishi.
Tabiat omillaridan qadim Sharq, Yunoniston va Rimda davo maqsadida (suv
va quyosh nuri bilan davolash) qo’llanilgan. XVIII asrda fizika fanining yutuqlari
va elektr tokining yaratilishi natijasida fizioterapiya, xususan,
elektrdavoga asos
solindi, keyinchalik asta-sekin franklinizatsiya, galvanik tok (galvanizatsiya va
dorili elektroforez), asimmetrik o'zgaruvchan tok, yuqori chastotali tok
(darsonvalizatsiya, diatermiya) kirib kela boshladi. Zamonaviy fizioterapiyada past,
yuqori, ultrayuqori va o‘ta yuqori chastotali (induktotermiya, UVCh, SVCh terapiya
va boshqa)
elektromagnit, elektr va magnit maydoni, sun’iy yorug’lik nurlari
(infraqizil, ultrabinafsha va monoxromatik kogerent),
mexanik tebranish
(infratovush va ultratovush) va boshqa ko‘pgina usullar qo’llaniladi.
Fizioterapiya
— tabiiy omillar bilan davolash haqidagi fan. Havo, suv,
issiqlik, yorug’lik, elektr toki tabiiy va o’zgartirilgan holda profilaktik va davo
maqsadida qo’llaniladi.
Fizioterapiyaning rivojlanish tarixi.
O’zbekistonda N. A. Semashko
nomidagi fizioterapiya va kurortologiya instituti faoliyati bilan bog’liq. 1919- yil 6-
fevral Turkiston Respublikasi tomonidan fizik usullar bilan
davolash instituti deb
faoliyat ko’rsatgan. 1932-yildan institut N. A. Semashko kurortologiya va
fizioterapiya deb qayta nomlandi. 1988-yilda N. A. Semashko nomidagi tibbiyot
reabilitatsiya va fizioterapiya instituti nomini oldi. Fizioterapiya rivojlanishi 1922-
yilda tez suratlar bilan kechdi. Fizik usullar bilan davolash instituti 30 o’rinlik
statsionarga ega edi. Elektrosuvli davolash ambulatoriyasi, yozgi quyoshli davolash
basseyni
bilan
taraqqiy
etdi.
Maxsus
qurilmalar:
franklinizatsiya,
galvanofaradizatsiya, darsonvalizatsiya apparatlari, to’rt kamerali vannalar, Sharko
dushi, vibratsion
massaj uchun apparat, projektor, Minin lampalari, yorug’lik
vannasi va rentgen apparaturalar bilan ta’minlangan. 1932-yilda
fizioterapevtik
bo’limlar va kabinetlar 43 ta bo’lib, ular 579 ta apparatlar bilan ta’minlangan.
1946-yilda N. A. Semashko nomidagi klinik kasalxonaning bosh shifokori
Mo’minov Yoqub Karimboboyevich kurortologiya va fizioterapiya rivojlanishiga
katta hissa qo’shdi. 1979-yil oxirida O’zbekistonda 19 ta fizioterapevtik shifoxona
2625 o’rinli va 7 ta bo’lim 340 o’rinli mavjud edi. Aholini fizioterapevtik o’rinlar
bilan ta’minlash ko’rsatkichi 10 ming aholiga 1,64 ga oshdi.
Fizik usullarni
buyurganda shifokor kasallik bosqichi, patologik jarayonning kechish xarakteri va
bemorning umumiy holatini hisobga olishi zarur. Shifokor fizik omillar ta’siri
mexanizmi ko'rsatma va qarshi ko‘rsatma, organizmning javob reaksiyasini bilishi
kerak.
Fizioterapevtik muolajalarni buyurganda ambulator va muolaja kartasida (044/u
shakl) quyidagi yozuvlar bo‘lishi kerak: