va hamshira bemor bilan suhbatlashishi lozim. Elektruyqu muolajasi haqida
tushuntiriladi. Bemor yotgan holatda bo'lishi kerak. Muolaja vaqtida bemor holatini
o'zgartirmasligi, boshini burmasligi shart. 1,5 sm qalinlikdagi paxta tamponni iliq
suvga namlab ko'z va ensa sohasini bosib turadigan
elektrod metall chashkasiga
kirgizib qo'yiladi. Keyin elektrod ko'z yumilgan holatda qovoq (—) va
so'rg'ichsimon o'simtaga (+) rezina tasmali elektrodlar bilan fiksatsiyalanadi. So'ng
apparatga ulanadi. Bemor sezuvchanligi bilan mo’ljallanadi. Uyqu chaqirish uchun
individual tok kuchi, chastotasi olinadi.
Bemor ko'z elektrodida "chumoli o'rmalagandek" hissini sezadi, ko'z sohasida
titrash va kuchsiz turtkilar seziladi. Keyin qovoqda og'irlik hissi, kuchsiz bosh
aylanish
va uyqu vujudga keladi, nafas kamayadi va chuqurlashadi, puls
sekinlashadi. Muolajadan so'ng bemor uyg'onadi elektrod olinadi.
Bemorga
yorug‘likka qaramaslik buyuriladi. Elektrod chashkasidagi paxta olib tashlanadi,
metall chashka spirt bilan artiladi.
Dozalash:
Apparat intensivligi "Elektroson 2 " va "Elektroson 4" 3 — 5 dan
10 — 15 mA oralig‘ida muolaja olib boriladi. Birinchi muolaja 15 — 20 minut.
Keyingi muolaja 30 — 60 minut har kuni. Kurs davosi 10 — 15, 20 — 70 muolaja
5.Galvanizatsiya.
Galvanizatsiya
— davo va profilaktika
maqsadida past chastotali, kichik
kuchli, doimiy past kuchlanishli tok kuchini qo'llaydigan usul.
Galvanizatsiyaning asosiy biologik ta’siri
. Doimiy tok harakati organizmga
to‘qimalar
orqali kirib, fizik-kimyoviy o‘zgarishga olib keladi. To'qimalar
tarkibidagi ionlar mikrostrukturasining murakkab tuzilganligi tokning teng
miqdorda taqsimlanmasligiga olib keladi. Organizmga tok qarshiligi kam bo'lgan
yo‘llar
qon tomirlari, limfa tomirlari, nerv stvollari va mushak orqali tarqaladi. Teri
baryeri yuqori qarshilikka ega bo‘lganligi uchun galvanizatsiyada
kuchlanishning
katta qismi teriga to‘g‘ri keladi va bu yerda elektr energiyasining yutilishi yuzaga
keladi. Shuning uchun teri retseptorlari ta’sirlanadi, to‘qima giperemiyalashadi,
shishadi, to‘qima-suv elektrolid balansi o'zgaradi.
Biologik to‘qimalarda fizik-kimyoviy o‘zgarishlarning
yuzaga kelishi
galvanizatsiyaning birlamchi ta’sirida namoyon bo’ladi. Ionlarning to‘qimalardagi
nisbati ularning miqdori va sifatiga bogliq. Doimiy tok ta’sirida kationlar katodga,
anionlar anodga qarab harakatlanadi. Ion harakatining tezligi har xil, bu kimyoviy-
fizik xususiyatiga (zaryad, radius, gidratatsiya) bog‘liq. Hujayralararo to‘siq elektr
tokining o‘tish yo’lida ionlar harakatiga to‘sqinlik qiladi. Kislota-ishqor holati
o‘zgaradi, natijada to‘qimada H+
katod OH ion anod joylashadi, pH o‘zgarib,
fermentativ, biokalloid holatga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: