Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 8,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/139
tarix30.09.2023
ölçüsü8,06 Mb.
#150807
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   139
Kompyuter grafikasi va dizayn Xolmirzayev Olmasbek Rasuljonovich

Toroidal tugun
 
1. Create (yaratish) panelidagi Geometry (Geometriya) tugmasini bosib, 
ro‘yxatdagi Extended Primitives (muharrirlangan primitivlar) variantini tanlang va 
Torus Knot (Toroidal tugun) tugmasini bosing. Shu ketmaketliklarni bajarib, 
trubaning ko‘ndalang kesimida shaklini va o‘lchamlarini o‘zgartirib, har xil 
ob’yektlarni qurish mumkin.
2. Torsimon birikmani qurish uchun Creation Metod (yaratish usuli) bo‘limida 
o‘chirib-yoquvchini Diameter (Diametr) holatiga o‘tkazib, diametr bo‘yicha 
cho‘zamiz. Toroidal tugun radius bo‘yicha qurish uchun, o‘chiribyoquvchini 
Radius (Radius) holatiga o‘tkazish kerak.
3. Bazaviy egri chiziq aylana shaklida bo‘lishi uchun, Base Curve (Bazaviy aylana) 
bo‘limidagi Circle (aylana), o‘chirib-yoquvchiga belgi qo‘yamiz.
4. Warp Count (Siniq chiziqlar soni) parametridagi qiymat 3 ga teng va Warp 
Heigh (balandlik bo‘yicha siniq chiziqlar) parametridagi qiymat 0,8 ga teng 
bo‘lsin. Bu qiymatlarning kattaligi bazaviy egri chiziq radiusi bo‘laklarida beriladi. 
5. Birikmaning boshlanishini chizish uchun Perspective (Perspektiva) proyeksiyasi 
oynasining istalgan nuqtasiga sichqonning chap tugmasini bosing, bazaviy egri 
chiziqni cho‘zish uchun kursorni suring. Aylana radiusini biror qiymatda to‘xtatish 
uchun ChS ni qo‘yib yuboring, kursorni markazga yoki markazdan ixtiyoriy 
masofaga surib, CHS ni bosing. Shu bilan tugun trubasining ko‘ndalang qirqim 
radiusi beriladi. Base Curve (Bazoviy egri chiziq) bo‘limida Radius (Radius) 
parametri kattaligi bazaviy egri chiziq aylanasining radiusini o‘zgartiradi. Cross 
Section (kesim) bo‘limidagi Radius (Radius) parametri, tugun trubkasining 
ko‘ndalang qirqim radiusi o‘zgartiriladi. 6. Tugun trubkasining ko‘ndalang 
qirqimidagi aylanani ellips shakliga o‘zgartirish. Buning uchun Cross Section 
bo‘limidagi Ellipsning katta va kichik yarim o‘qlarini boshqaruvchi Eccentricity 


(Ekssentrisitet) qiymatini moslash kerak (1.5 rasm). Qurilgan toroidal tugun 1.6 
rasmda ko‘rsatilgan shaklga ega bo‘ladi. Bazaviy egri chiziq uch o‘lchamli tugun 
shakliga ega bo‘lishi uchun, Base Curve (Bazaviy egri chiziq) bo‘limidagi, Knot 
(tugun) o‘chirib-yoquvchini o‘rnating. 
1.5 rasm. Toroidal tugun qirqimidagi parametrlarining jadvali 
7. Boshqa konfiguratsiya parametrlari bilan yana bitta tugun quramiz. Knot (tugun) 
o‘chirib-yoquvchidagi parametrlar qiymatini R==2, Q=3 teng qilamiz. Hosil 
bo‘lgan tugun 1.7 rasmda ko‘rsatilgan. 
R va Q parametrlari tugun trubkasini o‘ramlar soni, markazi va davom 
etuvchi o‘qi bo‘yicha boshqarish imkoniyatini beradi.
Twist (burash), Lump Height (bo‘rtishlar balandligi) va Lump Offset 
(bo‘rtish fazasi) parametrlarini o‘zgartirib, tugunlar shaklini har xil qilish mumkin. 
Lump Height (bo‘rtishlar balandligi) parametri tugun trubasining qirqim radiusini 
bo‘laklarini belgilashda ishlatiladi, Lump Offset (Faza vistupa) esa, tor aylanasida 
bo‘rtib chiqish holatini keltiradi. 1.8 rasmda shu parametrlar tor shakliga ta’siri 
natijasi namoyish qilingan. 
1.6 rasm. Toroidal tugun 
1.7 rasm Toroidal tugun R=2 va Q=3 teng bo‘lganda 
1.8 rasm. Parametrlar yordamida Toroidal tugun o‘zgartirilganligi. 


№-_10_-Mavzu:
3DS Max uch o‘lchamli dasturning interfeysi va uning 
tarkibida ishlash 
Reja: 
4.
 
Asosiy asboblar paneli 
5.
Yangi panel yaratish
6.
 
Proyeksiya oynalari 

Yüklə 8,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin