1. Eng umumiylik printsipi
– jinsi, yoshi, millati, irqi, ishi-ning joyi
va xarakteri, mehnatga haq to’lashning shaklidan qat’iy nazar, yoshi
yoki nogironligi tufayli mehnatga layoqatsizligi sodir
bo’lganda
ijtimoiy
ta’minotning barcha mehnatkashlarga nisbatan qo’llanilishini
anglatadi.
Bundan
tashqari,
eng
umumiylik
printsipi
mehnatkashlarning barcha toifalariga, ya’ni ishchilar, xizmatchilar,
dehqonlar, harbiylar, o’quvchilar va boshqa fuqarolarga nisbatan
qo’llaniladi. Shuningdek, ijtimoiy ta’minot boquvchisi vafot etgan
oilaning mehnatga qobiliyatsiz barcha a’zolariga (balog’at yoshiga
etmagan bolalar, aka-ukalar, opa-singillar, nabiralar, qariyalar yoki
mehnatga layoqatsiz er (xotin), ota, ona, bobo, buvi va boshqalar)
nisbatan ham tegishlidir.
2. Hammaga mumkinlik (lozimlik) printsipi
– barcha uchun
mumkin bo’lgan u yoki bu pensiyani aniqlash (belgilash) huquqini
beruvchi shart.
Masalan, hayotning o’rtacha davomiyligi 73,6 yil
bo’lganda qarilik bo’yicha pensiya huquqi erkaklarda 60 yoshda,
ayollarda esa
– 55 yoshda, mehnatning og’ir turlarida band
bo’lganlar uchun esa erkaklarda 50-55 yoshda, ayollarda esa – 45-
50 yoshda vujudga
keladi. Bu pensiyani olish uchun zarur bo’lgan
mehnat staji erkaklar uchun 25 yil, ayollar uchun esa
– 20 yil,
mehnatning og’ir turlarida band bo’lganlar uchun bundan ham
pastroq qilib belgilangan. Demak, barcha xolis (sidqidildan) xizmat
qiluvchilar uchun bu stajga qarilik yoshiga etgundan ancha oldin
erishish mumkin.
3. Ta’minot o’lchami va shakllarining o’tgan (qilingan) mehnatga nisbatan bog’langan holda o’rnatish (belgilash) printsipi
– bu ijtimoiy ta’minotning stajning davomiyligi, ishning shart-
sharoiti, ish haqi va mehnat hamda ijtimoiy faoliyatning boshqa
omillarga nisbatan bog’liq ravishda amalga oshirilishini taqozo etadi.
Bu printsip ijtimoiy ta’minotda ish haqi orqali o’z ifodasini topadi,
chunki unga ko’ra pensiya va nafaqalarning ko’plab turlari ish
haqiga nisbatan hisoblanadi.