6-
bob. Moliyaviy nazorat
6.1.
Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, ob’yekti,
predmeti, tizimi, vazifalari, printsiplari
Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga
ob’yektiv xos bo’lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon
bo’lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo’nalishda
(aspektda) qaraladi:
barcha iqtisodiy sub’yektlarning moliyaviy qonunchilik va
moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan
nazorat organlarining qat’iy tartib asosida tashkil etilgan faoliyati;
moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga
muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro- va mikrodarajada moliya
hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elementi.
Moliyaviy nazoratning har ikki yo’nalishi (aspekti) bir-biri bilan
o’zaro bog’liq bo’lsa-da, nazoratning maqsadi, metodi va
sub’yektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda
nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi
holda moliyaviy nazo-
ratning analitik tomoniga juda katta e’tibor
beriladi.
Barcha iqtisodiy sub’yektlarning (davlat, korxona va
tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya
hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus tashkil
etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga
moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini
shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy
qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-
xo’jalik operatsiya-larining
samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning
maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni o’z ichiga oladi. Boshqacha
so’zlar bilan aytganda, moliyaviy nazorat u yoki bu moliyaviy
harakat sodir bo’lishining baholashni o’z ichiga olish bilan
cheklanmasdan, balki u o’zining analitik yo’nalishiga (aspektiga)
egadir.
Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiri-ladigan
nazorat bo’lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining
barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari harakatining
barcha jarayonlarida, shu jumladan, moliyaviy natijalarni idrok etish
jarayonida ham kuzatiladi.
Moliyaviy nazorat nazorat qiluvchi faoliyatning boshqa
sohalaridan ajralib turadigan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib,
uning ob’yekti va predmeti, nazorat sub’yektlari (hokimiyat va
agen
tlar) va boshqariladigan sub’yektlarning tarkibi, maqsadlari va
vazifalari, shakllari va usullari mavjud.
Moliyaviy nazorat ob’ektlari bo’lib iqtisodiyotdagi barcha
sub’yektlarning pul jamg’armalarini shakllantirish, taqsimlash va
ulardan foydalanish, shuningdek moddiy, mehnat va boshqa
resurslarni jalb qilish jarayonidagi pul oqimlari yoki munosabatlari
hisoblanadi.
Moliyaviy
nazoratning
predmeti
quyidagi
moliyaviy
ko’rsatkichlardan iborat:
turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari;
soliq
to’lovlarining hajmlari;
xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning daromadlari;
xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning muomala xara-jatlari;
tannarx va foyda;
uy xo’jaliklarining daromadlari va xarajatlari;
va boshqalar.
Moliyaviy
nazoratning
predmeti
hisoblangan
yuqoridagi
ko’rsatkichlarning ko’plari hisobli ko’rsatkichlar hisoblanadi va bu
narsa, o’z navbatida, ularning amaldagi normativ hujjatlarga
muvofiq ravishda hisoblanishining to’g’riligi va ishonchliligini
tekshirishni (nazorat qilishni) taqozo etadi.
Mol
iyaviy nazorat sub’yektlari bo’lib vakolatli davlat organlari,
shuningdek, moliyaviy qonunlarga rioya qilini-shini tekshirish
bo’yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo’lgan nodavlat
tashkilotlar va muassasalari hisob-lanadi.
Nazorat ostida bo’lgan sub’yektlarga davlat hokimiyati
organlari, mahalliy boshqaruv organlari, korxonalar, tashkilotlar,
muassasalar va moliyaviy bitimlarni bajaruvchi jismoniy shaxslar
kiradi.
Davlat moliyaviy nazoratining maqsadi davlat moliyaviy
faoliyatining qonuniylig
i va samaradorligini ta’minlash sifatida
belgilanishi mumkin.
Davlat moliyaviy nazoratining asosiy maqsadini amalga
oshirish (vipolneniya), ya’ni moliyaviy faoliyatning qonuniyligi va
samaradorligini ta’minlash davlatning moliyaviy siyosatiga bog’liq
ravishda muayyan vazifalarni hal qilish orqali amalga oshiriladi:
Davlat
markazlashtirilgan
va
markazlashmagan
pul
mablag’larini shakllantirishda davlatning iqtisodiy xavfsizligini
ta’minlash;
Davlat daromadlarini shakllantirish va ulardan oqilona
foydalanish ustidan tegishli nazoratni
ta’min-lash;
nazorat
organlarining
faoliyatini
muvofiqlashtirish
va
takomillashtirish;
hokimiyat organlarii tomonidan tegishli moliyaviy resurslarni
to’plash, taqsimlash va ulardan foydalanish funksiyalarini
bajarilishini nazorat qiladi;
tashkilotlar va jismoniy shaxslarning davlat organ-lari va
tashkilotlari
oldidagi
moliyaviy
majburiyat-larning
bajarilishini
tekshirish;
Byudjetdan mablag’ oluvchilarni byudjet mablag’la-ridan
maqsadli foydalanishni tekshirish;
korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning moliyaviy faoliyatini
tekshirish;
sub’yektlar tomonidan naqd pul hisob-kitoblari va kassa
operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga amal qishlinishini
tekshirish;
valyuta va valyuta operatsiyalarni o’tkazish qoidalariga rioya
etilishini
ta’minlash;
moliya sohasida jinoyatlarning oldini olish va oldini olish.
Moliyaviy nazorat moliya funksiyalarining amalga oshirilish
shakli bo’lib xizmat qiladi. U ham davlatning va ham boshqa barcha
iqtisodiy sub’yektlarning manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga
qaratilgan.
Moliyaviy nazorat, bir tomondan, o’zaro ta’sirchan va ikkinchi
tomondan, mustaqil bo’lgan ikki sohaga bo’linadi
36
:
davlat moliyaviy nazorati;
nodavlat moliyaviy nazorati.
Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga
tayanadigan va hokimiyat hamda boshqaruv konkret organlari
iqtisodiy-huquqiy
harakatining
kom-pleksli
va
maqsadga
yo’naltirilgan tizimidir.
Davlat moliyaviy nazoratning ahamiyati va o’rnini ob’yektiv
baholansh uchun uni ikki j
ihatdan ko’rib chiqish kerak: tor va keng
ma’noda.
Keng ma’noda davlat moliyaviy nazorati - samarali davlat
moliya siyosatini amalga oshirish uchun mamlakat iqtisodiy
36
Ayrim iqtisodchi olimlarning fikricha, moliyaviy nazorat tizimi o’z
ichiga quyidagilarni oladi: davlat moliyaviy nazorati; kontragentlar bilan
moliyaviy-hisob-kitob munosabatlari jarayonidagi nazorat; nodavlat
moliyaviy nazorati. (Qarang: Finansi, nalogi i kredit. Uchebnik. Izd. 2-e,
dop. i pererab. /Pod red. d.e.n., prof. I.D.Matskulyaka. – M.: Izd-vo RAGS,
2007. s.23).
xavfsizligini ta’minlash va davlat moliyaviy jarayonida davlat
manfaatlarga rioya etilishini ta’min-laydigan tartibga solish chora-
tadbirlarining yig’indi-sidir.
Tor ma’noda davlat moliya nazorati esa mamla-katning
samarali va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi maqsadida davlat va
mahalliy
hokimliklarning
davlat
pul
fondlari
mablag’larini
shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonining
qonuniy va maqsadga muvofiqligi ustidan davlat hokimiyat
organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga
oshiriladigan nazoratdir.
Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliya siyosatini amalga
oshirishga va moliyaviy barqarorlik uchun sharoit-larni yaratishga
qaratilgan. Bu narsa, eng avvalo, barcha darajalardagi byudjetlar va
nobyudjet fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va
ijro
etish,
korxona
va
tashkilotlar,
banklar
va
moliyaviy
korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi.
Agar u umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan belgilangan
(aniqlangan) bo’lsa, bu holda davlat moliyaviy nazorat-chilari ham
davlat sektorida, ham xususiy hamda korporativ biznes sektorida
taftish va tekshirishlar
ni amalga oshirish huquqiga ega bo’ladi. Biroq
iqtisodiyotning nodavlat sektorida davlat tomonidan amalga
oshiriladigan moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy
to’lovlarni ham qo’shib olgan holda davlat oldidagi pul
majburiyatlarining bajarilishi sohalarini, ularga ajratilgan byudjet
subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqlilik va
qonuniylikning rioya qilinishi va shuningdek, hukumat tomonidan
o’rnatilgan pul hisob-kitoblarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va
hisobotni yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab oladi.
Nodavlat moliyaviy nazorati ikkiga bo’linadi: ichki (firma
ichidagi, korporativ) va tashqi (auditorlik)
37
.
Moliyaviy nazoratning davlat va nodavlat sohalari (ko’rinishlari,
turlari) nazoratni amalga oshirish metod-
larining o’xshashligiga
qaramasdan, o’zlarining pirovard maqsadlari bo’yicha bir-biridan
tubdan farq ham qiladi. Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi
davlat xazinasiga resurslarni tushurishni maksimallashtirish va
davlat boshqaruv xarajatlari
ni minimallashtirish bo’lsa, bunga
qarama-qarshi ravishda nodavlat moliyaviy nazorat-ning (ayniqsa,
firma ichidagi moliyaviy nazoratning) bosh maqsadi joylashtirilgan
kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi
37
Nodavlat moliyaviy nazorat xususida ushbu bobning 6.4-paragrafida
batafsilroq to’xtalaniladi.
ajratmalar va boshqa xarajatlarni minimallashtirishdan iborat. Bir
vaqtning o’zida moliyaviy nazoratning har ikki sohasi amaldagi
qonunlarning huqu
qiy ramkasi bilan cheklab qo’yilgan.
Ijtimoiy-
iqtisodiy o’zgarishlar davrida moliyaviy nazoratning
o’rni quyidagilarni tekshirish jarayonida namoyon bo’ladi:
birinchidan, davlat va jamoat tashkilotlari, korxona-lar,
muassasalar, tashkilotlar, fuqarolar tomonidan moliyaviy faoliyat
jarayonida belgilangan qonuniy tartibga rioya qilinishida,
ikkinchidan, qabul qilingan chora-tadbirlarning samara-dorligi
va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi hamda davlat vazifalariga mos
kelishida.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi,
asosan, bir tipda bo’lib, quyidagi elementlardan tashkil topadi:
bevosita mamlakatning parlamenti yoki Preziden-tiga
bo’ysunuvchi hisob palatasi. Bu tashkilotning bosh maqsadi davlat
mablag’larining sarflanishi ustidan umumiy nazoratni o’rnatishdir;
asosan soliqli daromadlarning davlat xazinasiga kelib
tushishini nazorat qiluvchi va mamlakat prezidenti, hukumati yoki
moliya vazirligiga bo’ysunuvchi soliq muassasi;
quyi tashkilotlarini tekshiruvchi va taftish qiluvchi davlat
tashkilotlarining tarkibidagi nazorat qiluvchi organlar;
hisobot
hujjatlarining
ishonchliligini
va
moliyaviy
operatsiyalarning qonuniyligini tijorat asosida tekshiruvchi nodavlat
nazorat xizmatlari;
asosiy vazifasi xarajatlarni qisqartirish, moliyaviy oqimlarni
opt
imallashtirish va foydani oshirish bo’lgan ichki nazorat xizmatlari.
Moliyaviy qonun bilan tartibga solinadigan munosa-batlarda
moliyaviy nazoratning asosiy yo’nalishlari (tarkibi) quyidagilar:
davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining
o’z vakolatlari doirasida moliyaviy resurslarni to’plash, taqsimlash va
ulardan foydalanish funksiyalarini bajarilishini tekshirish;
davlat va hokimiyat organlarining fuqarolar va tashkilotlar
oldidagi moliyaviy majburiyatlarni bajari-lishini tekshirish;
tashkilot va fuqarolarning davlat va mahalliy boshqaruv
organlari olddidagi majburiyatlar bajarili-shini tekshirish;
davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotla-rining
moliyaviy mabalag’lari (byudjet mablag’lari, o’z mablag’lari, bank
kreditlari, byudj
etdan tashqarida va boshqa mablag’lari)dan
foydalanishning
qonuniyligini
va
maqsadga
muvofiqligini
(samaradorligini) tekshirish;
korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan moliyaviy
bitimlar tuzish, hisob-kitoblarni amalga oshirish va
pul mabalg’larini
saqlash qoidalariga rioya etilishini tekshirish;
ichki ishlab chiqarish zaxiralarini aniqlash - iqtisodiyotning
rentabelligini oshirish, mehnat unumdor-ligini oshirish, moddiy va
pul resurslaridan yanada tejamkor va samarali foydalanish
imkoniyati;
moliyaviy intizom buzilishining oldini olish va bartraf etish;
moliyaviy intizom buzilishi aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda
tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga va fuqarolarga nisbatan
choralar qo’llaniladi va davlatga, tashkilotlarga va fuqarolarga
etkazilgan moddiy zarar qoplanadi.
Bozor xo’jaligi asoslarining mustahkamlanib borishi bilan
moliyaviy nazoratni tashkil etish masalalari yanada huquqiyroq
xarakterga ega bo’lib, sekin-astalik bilan g’arb modeliga
yaqinlashadi. Bu model amali
yotda o’zining samaradorligini yaqqol
ko’rsatgan
38
.
Jahon hamjamiyati ko’p yillik tajriba asosida moliyaviy
nazoratni tashkil etishning asosiy printsiplarini ishlab chiqqanki,
hozirgi
paytda
ularga
rioya
qilishga
dunyoning
har
bir
tsivilizatsiyalashgan davlati intiladi. Bu printsiplar INTOSAI
39
ning
Lima deklaratsiyasida o’z aksini topgan. Ularning tarkibiga
quyidagilar kiradi:
mustaqillik;
ob’yektivlik;
kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik);
oshkoralik.
Moliyaviy nazoratning mustaqilligi nazorat organining moliyaviy
jihatdan mustaqilligi, nazorat organlari rahbarlarining vakolat
muddatlarining parlament muddatlaridan uzoqligi, shuningdek
ularning konstitutsion xarakteri bilan ta’minlanishi kerak. Ob’ektivlik
va kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik) nazoratchilar tomonidan
amaldagi qonunchilikka so’zsiz itoat etilishini, taftish ishlarini
amalga oshirishning belgilangan (o’rnatilgan) standartlariga
(andozalariga) qattiq rioya etish asosida nazoratchilar ishining
yuqori kasbiy darajada bo’lishini taqoza etadi. Oshkoralik davlat
38
AQSh Kongressining ma’lumotlariga ko’ra, 50 yilda federal nazorat-
taftish organlarining faoliyatidan olingan jami iqtisodiy samara 500 mlrd.
dollardan kam bo’lmagan. Qarang: Somenkov A.D. Parlamentskiy kontrol
za ispolneniem gosudarstvennogo byudjeta. – M.: Ekonomika, 1998. s. 79.
39
INTOSAI – dunyoning 178 mamlakati oliy nazorat organlarining
Xalqaro tashkiloti. Uning doirasida mintaqaviy tashkilotlar ham amal
qiladi. Ulardan biri EVROSAI bo’lib, u oliy nazorat organlarining Evropa
tashkilotidir.
nazoratchi-larining jamotchilik va ommaviy axborot vositalari bilan
doimiy aloqada bo’lishini ko’zda tutadi.
Moliyaviy nazoratni tashkil qilish tizimiga bevosita yoki bilvosita
ta’sir ko’rsatuvchi qonunlar qabul qila turib, har bir davlat, odatda,
yuqoridagi printsiplarga tayanadi (asoslanadi). Bir vaqtning o’zida,
har bir davlatda nazorat harakatlarining o’z reglamenti (tartibi va
ketma-
ketligi) mavjud bo’lib, bu narsa pirovardida moliyaviy
nazoratning natijalariga o’z ta’sirini, albatta, ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |