ikkinchidan esa, boshqa daromadlar va xarajatlar sifatida
guruhlashtiriladi.
Faoliyatning odatdagi ko’rinishi bo’yicha daromadlar va
xarajatlar quyidagi tarzda hisoblanadi: eng avvalo, sotilgan tovarlar,
mahsulotlar, ishlar, xizmatlardan (qo
’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar
va shularga o’xshash majburiy to’lovlar chegirilgan) olingan tushum
va ularning tannarxi o’rtasidagi farqdan iborat bo’lgan yalpi foyda
aniqlanadi.
Yalpi foydadan tijorat va boshqaruv xarajatlari chegirilsa,
sotuvdan olin
gan foyda paydo bo’ladiki, u faoliyatning odatdagi
ko’rinishidan foydani xarakterlaydi. Undan so’ng boshqa daromadlar
va xarajatlarni hisobga olgan holda soliqqa tortilguncha foyda
hisoblanadi.
Odatda,
boshqa
daromadlar
va
xarajatlar
quyidagilardan iborat
bo’ladi:
olinishi lozim bo’lgan foizlar;
to’lanishi lozim bo’lgan foizlar;
boshqa tashkilotlarning faoliyatida ishtirok etishdan olingan
daromadlar;
boshqa operatsion daromadlar;
realizatsiyadan tashqaridagi daromadlar;
realizatsiyadan tashqaridagi xarajatlar.
Foydani tahlil qilishning asosiy maqsadi hisobot davri
davomidagi XYuS faoliyatining samaradorligini ko’rsatishdan iborat.
Buxgalteriya
hisobi
XYuSning
daro-madlari
va
xarajatlari,
shuningdek, uning sof moliyaviy natijasi
– sof foyda – to’g’risida
ma’lumot olishga imkon beradi. Yuqorida ta’kidlanganidek, soliqqa
tortilgunga qadar foydaning summasi aniqlanganidan so’ng uning
miq-dori (summasi) soliq qonunchiligiga muvofiq korrektirovka qilishi
va foyda hisobidan qoplanadigan soliqlarning summasi
chegirilmog’i
lozim.
Yalpi foyda, sotuvdan olingan foyda, soliqqa tortil-gunga qadar
bo’lgan foyda va nihoyat, sof foydani formu-lada quyidagicha
ko’rsatish mumkin:
Dostları ilə paylaş: