O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 13- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix30.09.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#150940
1   2
Sulaymanov

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
13-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.11.2022
685 
255-moddaga koʻra Turkiston oʻlkasi yerlari, oʻrmonlar va yer osti foydali 
qazilmalari ham davlat mulki deb e'lon qilingan va ulardan foydalanish imperiyaning 
umumiy qonunlari bilan belgilab qo'yilgan, qadimgi tarixiy huquqlaridan mahrum 
qilingan. 
Bu 
“Nizom” Oʻrta Osiyoning chorvadorlar yashaydigan hududlarida 
qoʻriqxonalar tashkil etish va keyinchalik mahalliy aholini koʻchirish uchun 
foydalanishga asos boʻldi. 
Nizomning mulk va xayr-ehsonga oid moddalarida Turkiston oʻlkasida yangi 
yer egalari yerdan foydalanganlik uchun oldingi to‘lov o‘rniga davlat xazinasiga 
umumiy davlat boji to‘lashlari kerak edi. Yirik zamindorlar asosiy daromad manbai - 
o'nlab yillar davomida egalik qilgan yerlardan mahrum bo'ldilar.
Xuddi shunday jarayonlar vaqf yerlari bilan yuz berdi. Vaqf yerlari ularda 
yashovchi aholiga ta'sir ko'rsatgan. Amalda bu diniy muassasalar bu yerlarni tasarruf 
eta olmasligini anglatardi. Vaqf mulki egalari endi soliqlarning faqat bir qismini olgan, 
qolgan qismi esa davlat xazinasiga tushardi. Yangi vaqf hujjatlarini tasdiqlash faqat 
general-gubernatorning roziligi bilan va vaqflarni davlat boji va yig'imlaridan ozod 
qilmasdan amalga oshirilgan. Vaqf mulklarini tashkil etuvchi yerlar, yaʼni masjiddan 
tashqarida xususiy shaxsga tegishli boʻlgan yerlar, koʻchmas mulkka ega boʻlgan yerlar 
davlat bojiga tortilar edi. 
An’anaviy huquqning ko`p asrlik ustunlarini barbod etgan hamda vaqf 
munosabatlaridagi odatlar va an'analarni tugatib tashlagan yana bir modda bor 
edi. Unda aytilishicha, vaqf hujjatlarini e'tirof etish, vaqf daromadlari to`g`ri ishlatilishi 
ustidan nazorat qilish va vaqflarni taftish qilish huquqi muhtamlaka hokimiyating 
viloyatlardagi vakillariga o`tkazilgan edi. 
XULOSA 
Xulosa qilib shuni aytish joizki, mustamlakachilik siyosatining mahsuli sifatida 
yuzaga kelgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy holat yer dan foydalanish jarayonlariga 
ta’sir o’tkazdi. Rossiya imperiyasi Turkiston o’lkasini istilo qilgandan keyin o’zining 
ma’muriy tizimini tashkil etdi. Bu tizimni boshqarish imperiya vakillari zimmasiga 
yuklandi. Mahalliy aholi esa qishloq oqsollari, volost boshlig’i qilib tayinlasada ular 
imperiyaning tartiblariga bo’ysunishga majbur edi. Mazkur holatlar yer sohasidagi 
huquqiy o’zgarishlarga ta’sir etmasdan qolmadi.
 
 
 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin