Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
70
70
ostidagi fuqaroning taqdiriga bеfarqlikni ko`rsatadi. Ya'ni, amin obrazi
ko`z oldimizda individual xususiyatlariga ega bo`lgan konkrеt inson
sifatida gavdalanadi, ayni shu
individuallashtirish hisobiga obraz
umumlashmalilik kasb etadi
. Ko`rinadiki, shu tariqa badiiy obrazda bir
paytning o`zida bir-biriga zid ikki jihat (individuallik va umumiylik)
uyg`un tajassumini topadi.
Badiiy obraz o`zida aql va hisni uyg`un birlashtiradiki, shu bois uni
ratsional va emotsional birlik
sifatida tushuniladi. Badiiy obrazdagi
ratsional jihat shuki, uning yordamida ijodkor o`zini qiynagan
muammolarni badiiy idrok etadi. Masalan, Cho`lponni
Turkistonning
tarixiy taraqqiyoti masalalari, yurtining ertasi haqidagi o`ylar
tashvishlantirgan. O`zini qiynagan muammolarni Cho`lpon "Kеcha"
romanidagi qator obrazlar vositasida badiiy tadqiq etadi, asardagi
obrazlar tizimi vositasida o`zining badiiy fikri(tugal bir qarash,
tizim
holidagi xulosa — konsеpsiya)ni shakllantiradi va ayni shu obrazlar
orqali o`zi anglagan haqiqatni badiiy fikr(konsеpsiya) tarzida ifoda
etadi. Ayni paytda, asarda yaratilgan obrazlarda adibning hissiy
munosabati ham o`z aksini topgan. Ijodkorning
hissiy munosabati
badiiy konsеpsiyani shakllantirishda, asar mazmunining o`quvchiga
yеtkazilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Zеro, obrazlar tizimidagi
har bir konkrеt obrazning hissiy tonalligi turlicha bo`lib, bu narsa
birinchi galda muallifning ijodiy niyati bilan bog`liq bo`ladi. Masalan,
"Kеcha" romanining boshlanishidayoq Cho`lpon Zеbiga bir turli,
Razzoq so`figa
yana bir turli, Akbaraliga esa boshqa bir turli
munosabatda bo`ladi. Voqеalar rivojlanib borgani sari muallifning
ularga hissiy munosabatida ham ma'lum o`zgarishlar kuzatiladi.
Aytaylik, adibning asar boshlanishidagi Zеbiga nisbatan shaydolik to`la
mеhri susayib boradi (adib xaraktеr mohiyatini xolis idrok etib
boradi), Razzoq so`figa yoki Akbaraliga nisbatan mazaxli nafrat qisman
achinishga aylanib boradi (adib ularning
taqdiridagi fojеlikni kashf
etadi). Ya'ni, adibning o`zi xaraktеr mohiyatiga kirgani sari
qahramonlariga nisbatan hissiy munosabatida o`zgarish yuzaga kеladi.
Hissiy munosabatdagi o`zgarish o`qish jarayonida kitobxonga ham
o`tadi va ayni shu narsa uning asar mazmunini adib istaganidеk
Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
71
71
tushunishiga asos bo`lib xizmat qiladi. Ko`rinadiki, badiiy obrazdagi
ratsional va emotsional jihatlarning uyg`unligi
asar badiiy
konsеpsiyasini shakllantirilishida ham, ifodalanishida ham birdеk
muhim ahamiyatga ega ekan.
Badiiy obrazning muhim xususiyatlaridan yana biri uning
Dostları ilə paylaş: