davlat organlari va tashkilotlarining, loyiha institutlarining, ilmiy muassasalar hamda oliy ta’lim
tashkilotlarining, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlarini O‘zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish
doirasida maslahatchilar sifatida jalb qilishga;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi xodimlarini o‘qitishni, qayta
tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan ularni O‘zbekiston Respublikasi hududidan
tashqarida o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishga;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Maktabgacha ta’lim vazirligining, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalarining va Toshkent shahar
Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasining, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining hamda
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining binolarini jihozlash va ta’mirlashga;
ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishga,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining faoliyatini takomillashtirishga
qaratilgan boshqa tadbirlarga sarflanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari qonunchilikka muvofiq
boshqa maqsadlar uchun ham sarflanishi mumkin.
(26-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Dostları ilə paylaş: