Restavrastiya natijasida tiklangan matn Buxorodagi istiqlolchilik harakati rahbarlari o'rtasida Turkiyadan kelgan generallar -
Anvar va Salim Posho alohida ajralib turadi. Anvar Posho 1921-yil oktyabrda Kavkazdan Buxoro shahriga
kelgach, 9-noyabrda Qarshi yaqinidagi Qiliko'l atrofida
Mulla Nafis qo'rboshi bilan uchrashib, maxsus
bayonot bilan chiqadi hamda turkistonliklar va buxoroliklarning so vet rejimi va qizil armiyaga qarshi
muqaddas kurashiga qo'shilganligini e'lon qiladi.
Anvar Poshoning sa'y-harakatlari bilan Sharqiy Buxoroda birlashgan qismlar bunyod etildi va u
turk zobitlari bilan mustahkamlandi, g'arbcha qo'mondonlik uslubi joriy qilinadi. Anvar Posho 1922-
yil avgustda Sharqiy Buxoroning Baljuvon atrofidagi Obidara qishlog'ida qizil askarlarga qarshi
bo'lgan jangda mardlarcha halok bo'ldi. Turkistonning erksevar shoiri
Cho'lpon Anvar Posho
xotirasiga bag'ishlab "Baljuvon" marsiyasini yozdi.
2-topshiriq: O’quvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan xatolar birgalikda tuzatiladi. Fikrlar
“Aqliy hujum” metodi o’tkaziladi. Guruhlarga o’tilgan mavzuni
mustahkamlash uchun quyidagi savollar beriladi:
Farg'onadagi harakat rahnamolari orasida kimlarning nomlarini
alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardingiz?
Vodiy qo'rboshilarining bir-birlari bilan yetarli darajada birlasha
olmaganligining sabablarini qanday izohlaysiz?
1-GURUHGA
"Kolesov voqeasi" nima maqsadda tashkil etildi va qanday
oqibatlarga sabab bo’ldi?
XXSRni Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirilishiga
nima sabab bo'ldi?
2-GURUHGA
Nima sababdan BXSR hukumati a'zolarining ayrimlari qo'rboshilar
tomoniga o'tib ketdilar?
Buxoro va Xorazmda qizil armiyaga qarshi istiqlolchilik
harakatining boshlanishiga nimalar sabab bo’ldi?
3-GURUHGA
XXSR vakillari o'z hududini milliy-hududiy chegaralanishga
qo'shish lozim emasligini nimalar bilan asoslagan edi?
Sovetlarning O'rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishni
o'tkazishdan asosiy maqsadi nima edi?
4-GURUHGA