Restavrastiya natijasida tiklangan matn
1919-yilning kech kiiziga kelib
Madaminbek
qo'l ostida 30 000 nafarga yaqin yigit qizil armiyaga qarshi
istiqlol janglarini olib bordilar. Bu paytda
Shermuhammadbek
qo'l ostida 20 000,
Katta Ergash
qo'rboshida
8000 nafar askar bo'lgan. Ana shu uchta lashkarboshi vodiydagi jangovar harakatlarni yo'naltirib turdilar.
Farg'ona vodiysiga bolsheviklar tomonidan qo’shimcha kuchlarning boshlanishi natijasida 1920-yil
yanvar oyining o'rtalariga kelib jangovar tashabbus qizil armiya qo'liga o'tdi. Katta Ergash qo'rboshining
qo'shini mag'lubiyatga
uchragach, Shermuhammadbek asosiy kuchlarini olib Oloy vohasiga chekindi.
Madaminbek vaqtdan yutish uchun Farg'ona fronti qo'shinlari qo'mondonligiga yarash muzokaralari boshlashni
taklif qildi. Natijada Madaminbek bilan 2-Turkiston o'qchi diviziyasining boshlig'i
N.Veryovkin-Roxalskiy
o'rtasida 1920-yil 6-martda
Skobelev
shahrida yarash bitimi imzolandi. Biroq oradan ko'p o'tmay
sovet
qo'mondonligi tomonidan qo'rboshilar o'rdasiga yuborilgan Madaminbek noaniq vaziyatda 1920-yil
mayda
o'ldirildi.
Turkiston ASSRda sovet hokimiyatiga
qarshi qurolli harakatlar
3-guruhga:
Turkiston ASSRda sovet hokimiyatiga
qarshi qurolli harakatlar
4-guruhga: