Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


I BOB.  MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə244/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
313
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati
ERIning ochiq kaliti ERIning yopiq kalitiga mosligini 
tasdiqlaydigan va ERI yopiq kalitining egasiga ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan 
hujjatdan iborat bo‘ladi. ERI kalitining sertifikati elektron hujjat shaklida va qog‘oz hujjat 
shaklida tayyorlanishi mumkin.
Elektron raqamli imzo vositalari
elektron hujjatda elektron raqamli imzo yaratilishini, elektron 
raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlanishini, elektron raqamli imzoning yopiq va ochiq kalitlari 
yaratilishini ta’minlaydigan barcha texnikaviy va dasturiy vositalardan iborat bo‘ladi.
Yangi texnologiyalar markazining rasmiy axborot resursi www.e-imzo.uz – elektron imzo 
uchun arizalarni qabul qilish, ro‘yxatga olish markazining axborot vositalari yordamida ochiq 
va yopiq kalitlarini yaratish uchun hamda elektron imzo sertifikatlarini boshqarish uchun 
mo‘ljallangan veb-sayt hisoblanadi.
Elektron hujjat aylanishi O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi 
to‘g‘risida”gi 2004-yil 29-apreldagi 611-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi:
Elektron hujjat aylanishi (EHA)
elektron hujjatlarni axborot tizimi orqali jo‘natish va qabul 
qilib olish jarayonlari yig‘indisidan iborat bo‘ladi.


I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
314
Elektron hujjat bevosita elektron hujjatni jo‘natuvchi yoki uning axborot vositachisi tomonidan 
jo‘natilgan bo‘lsa, 
jo‘natilgan
deb hisoblanadi.
Elektron hujjat, agar elektron hujjatning qabul 
qilib olinishini ta’minlagan axborot tizimi, hatto 
boshqa yerda joylashgan bo‘lsa ham, Ehni 
qabul qilib oluvchi turgan joyda 
qabul qilib 
olingan
deb hisoblanadi.
Kundalik faoliyat raqamli texnologiyalarga 
ko‘chgani uchun ham virtual tarmoqda erkin 
va xavfsiz, ishonchli harakatlanish, shaxsni 
tasdiqlash va jarayonlarni amalga oshirish 
uchun har bir kishiga ERI kerak bo‘ladi. 
Jumladan, davlat organlarining interfaol 
xizmatlaridan, shuningdek, Yagona portalda 
ko‘rsatiladigan xizmatlaridan foydalanish 
uchun albatta ERI bo‘lishi lozim. Aks holda 
bu xizmatlardan foydalanishning imkoni yo‘q. 
Xususan, biror davlat idorasiga ariza, murojaat, 
taklif yuborish uchun ham sizning shaxsingizni tasdiqlaydigan, o‘zaro ishonchli hamkorlikni 
ta’minlaydigan ERIga ega bo‘lishingiz zarur. 
Elektron hujjat aylanishidan bitimlar (jumladan, shartnomalar) tuzish, hisob-kitob, rasmiy va 
norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotni uzatishda foydalanish 
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 29-apreldagi 611-II-sonli “Elektron hujjat aylanishi 
to‘g‘risidagi”gi Qonunida quyidagi tushunchalar keltirilgan:
Elektron hujjatni jo‘natuvchi
 –
elektron hujjat rekvizitlarida nomi ko‘rsatilgan hamda Ehni 
qabul qilib oluvchiga Ehni jo‘natayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Elektron hujjatni qabul qilib oluvchi
 – 
elektron hujjatni jo‘natuvchi tomonidan yo‘llangan Ehni 
qabul qilib oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Elektron hukumat doirasida davlat organlarining foydalanuvchilar bilan o‘zaro hamkorlik qilishi 
uchun elektron hujjatlar
 
muhim hisoblanadi.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin