Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


UYGA VAZIFA I BOB



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə242/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

UYGA VAZIFA


I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
311
Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi 
natijasida hujjatlarning aksariyati raqamli 
ko‘rinishga o‘tkazildi. Buning natijasida, 
“raqamli imzo”, “elektron imzo”, “elektron 
raqamli imzoning dasturiy ta’minoti” kabi 
atamalar tez-tez quloqqa chalinadigan bo‘ldi. XXI asrning eng katta yutuqlaridan biri “elektron 
raqamli imzo” hisoblanib, u qog‘oz shaklidagi hujjatlarni elektron hujjat yoki faylga aylantirish, 
elektron shaklda imzolash, asl hujjat yaxlitligini saqlash va imzo chekuvchining shaxsini 
tasdiqlash kabi imkoniyatlarni beradi. 
ERI hujjatlar bilan ishlashga sarflanuvchi vaqtni tejaydi. Boshqacha aytganda, ERI USB 
flesh-diskdagi faylni chop etish va uni imzolashni emas, aksincha, hujjat aylanish jarayonini 
tezlashtiradi. 
Agar ERI mavjud bo‘lmasa, u holda dastlab varaqni chop etish, imzolash, zarur bo‘lsa 
muhrlash, konvertga solish, pochta bo‘limiga borish va konvertni kerakli manzilga yuborish, 
shundan so‘nggina qolgan ishlarni bajarish mumkin. Agar elektron hujjat aylanishi va ERI 
mavjud bo‘lsa, butun jarayon sezilarli darajada tezlashadi. 
64-dars. ELEKTRON IMZO VA ELEKTRON HUJJAT 
ALMASHINUVI
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Imzo 
– hujjatning haqiqiyligi hamda yuborgan jismoniy shaxsga tegishli ekanligini 
tasdiqlovchi shaxs fiziologik xususiyati.
Muhr
– hujjatning haqiqiyligi hamda qandaydir yuridik shaxsga tegishli ekanligini 
tasdiqlovchi isbot.
Elektron raqamli imzo 
(ERI) – hujjatni imzolashning tez, qulay va ekologik toza usuli.
Bundan bir necha yillar ilgari ariza, murojaat, taklif kabi hujjatlar 
qo‘lda qo‘yilgan imzolar bilan tasdiqlangan. Nima uchun imzo 
qo‘lda qo‘yilganligini tushunish juda oson. Hujjat yuritish ishlari 
qog‘ozda qilinganligi sababli ham qo‘lda qoyilgan imzo, muhr 
hujjat kimga tegishli ekanligi va uning haqiqiyligini tasdiqlash 
uchun eng yaxshi usul hisoblangan. 



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin