Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


I BOB.  MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə238/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
308
Kiberjinoyatlarda xakerlar to‘g‘ridan to‘g‘ri kompyuter yoki boshqa qurilmalarni nishonga oladi 
va undan zararli dasturiy ta’minot kodlarini tarqatish, noqonuniy ma’lumot olish, firibgarlik 
maqsadida shaxsning ma’lumotlarini o‘g‘irlash maqsadida foydalanadi. Demak, kiberjinoyatlar 
ko‘rinishlari bilan tanishamiz.
Axborotlarning o‘g‘irlanishi
Axborot
– boshqa shaxslarga zarar yetkazmoqchi bo‘lgan shaxslar uchun eng qimmatli 
manbalardan biri. Kiberjinoyatchilar boshqa shaxs kompyuteridagi fayllarni buzish orqali 
uning shaxsiy ma’lumotlariga kiradi:
shaxsiy ma’lumotlar
kiberjinoyatchiga shaxsiy identifikatsiya raqamingizdan foydalanib, 
sizning nomingizdan savdo hisob raqami ochish, kredit olish uchun ariza berish kabi 
imkoniyatlarni beradi;
moliyaviy ma’lumotlar 
orqali kiberjinoyatchi sizning bank rekvizitlaringizni bilib oladi va bank 
hisob raqamingizga kirish, pullaringizni o‘g‘irlash va onlayn xarid qilish kabi ishlarni amalga 
oshiradi; 
ijtimoiy mediama’lumotlar.
Agar kiberjinoyatchi ijtimoiy tarmoqdagi akkauntingiz yoki 
ma’lumotlaringizga kirish imkoniyatiga ega bo‘lsa, u sizning nomingizdan do‘stlaringiz va oila 
a’zolaringizni ta’qib qilishi yoki ulardan foydalanishi mumkin. Buni u odamlardan pul so‘rash 
yoki virusni o‘z ichiga olgan turli mavzulardagi xabarlarni yozish orqali amalga oshiriadi;
qiziqishlar
ingiz doirasida o‘ylab qo‘ygan g‘oya va fikrlaringiz boshqalar uchun juda qimmatli 
bo‘lishi mumkin. Kiberjinoyatchi ana shu g‘oya va fikrlaringizni turli kompaniyalarga “sotishi”, 
keyinchalik o‘girlangan g‘oyalar asosida kompaniya aynan sizga yo‘naltirilgan maxsus taklif va 
reklama e‘lonlarini ishlab chiqishi mumkin. 
Bunday muammolarning oldini olish uchun agar zarurat bo‘lmasa, maxfiy ma’lumotlaringizni 
boshqalarga bermang, ularni kuchli va xavfsiz parollar yordamida himoya qiling.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin