37
Har bir usta biror badiiy bezak ishini bajarganda bevosita u yoki bu
naqshlar tasvirini ishlashga to‗g‗ri keladi.Ular naqsh elementlarini amaliy
san‘at namunalaridan olishadi yoki mustaqil
ravishda tabiiy yoki
geometrik shakllarni stilizatsiya qilib ishlatishadi. Stilizatsiya ikki xil yo‗l
bilan bajariladi. Birinchisi narsalar shaklini soddalashtirish bo‗lsa,
ikkinchisi esa narsa shakliga ba‘zi qo‗shimcha chiziqlar qo‗shish
orqali
murakkablashtiriladi.
13-rasm
Stilizatsiyadan namunalar.
Har ikkala usulda ham biz faqat narsalar
tasviri yoki naqshning
tuzilishini soddallashtirib yoki murakkablashtirilishini
emas balki
38
ularning ranglari ham o‗zgartirilishini tushunamiz. Xuddi shunday ustalar
ijodida hayotda uchraydigan, naqsh qilib ishlashga qulay ko‗rinishga ega
bo‗lgan narsalar stilizatsiya (badiiylashtirish) qilinib, ularni amaliy san‘at
buyumlari yuzasini bezatishda qo‗llaganlar.
14 – rasm. Sirtiga baliq surati ishlangan kulol idish.
Tayanch iboralar.
Stilizatsiya, murakkablashtirish, soddalashtirish,
geometrik shakl.
Mustahkamlash uchun savollar
1. Stilizatsiya va uning o‗ziga xos tomonlarini aytib bering?
2. O‗simlik va hayvonot dunyosidan olingan turli shakllarni qayta ishlash
nima deyiladi?
3. Naqqoshlikda stilizatsiya qilingan elementlar
ishtirokida naqsh
kompozitsiyalar tuzish bosqichlarini ayting?
Dostları ilə paylaş: